Andijondagi "Savay ariq"dan pichoqlangan erkakning jasadi topildi

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marhum ATB "Hamkorbank" Qo‘rg‘ontepa tuman filiali ishchisi bo‘lgan

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan oqib o‘tuvchi "Savay-ariq" kanalidan pichoqlangan erkakning jasadi topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Proxodashaya cherez kanal truba v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatidagi "Bo‘zsuv" kanalidan yevropa millatiga mansub ayolning jasadi topildi
Xabarda aytilishicha, 2018-yil 9-mart kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi A.Qosimov birga yashovchi ukasi — ATB "Xamkorbank" tuman filiali ishchisi, 1990-yilda tug‘ilgan F.Qosimov — o‘zining "Neksiya" rusumli avtomashinasida ish joyidan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo‘rg‘ontepa tumani Yangi-bo‘ston MFY hududida joylashgan "Omad Zuhro" fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi "Savay ariq" kanalidan topilgan.

Shuningdek Nafosat mahallasida joylashgan "Oxunjon yer saxovati" fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi "Savay ariq" kanalidan F.Qosimovning jasadi topilgan. Marhumning bosh va chap biqin sohalarida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni jalaquduqlik 24 yashar F.Sultonov va Qirg‘iziston fuqarosi, O‘sh shahrida yashovchi, 23 yashar A.Ibragimovlar sodir etganliklari aniqlangan.

Jinoyat sabablari ochiqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0