Jamiyat

Markaziy Osiyo davlatlari suv muammosini siyosiy savdolashuvlarsiz hal etadi

© Sputnik / Boris Ushmaykin / Fotobankka oʻtishReka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada
Reka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi suv masalalari siyosiy savdolashuv ashyosiga aylanmasligi lozim, dedi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Prezidentы Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni oʻzimiz hal qilamiz

Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlarining maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Turkmaniston nomidan mamlakat majlisi raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.

Nazarboyev jurnalistlarga boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunlari haqida gapirib berdi.

"Eng asosiy masala – bu suv muammosi. Bizning mamlakatlarimiz – 70 million kishi ikki daryo – Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida yashaydi. Biz bu borada siyosiy savdolashuvlarga oʻrin boʻlmasligi kerakligi haqida kelishib oldik. Biz gidroinshootlarni ham, suvdan foydalanish va elektr energiyasi masalalarini ham barcha davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib hamkorlikda hal qilishimiz lozim", — dedi Nazarboyev.

Avvalroq Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirgʻiziston va Qozogʻiston oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganida "Qozogʻistonga ikki kun suv bermay qoʻysa vaziyat (chegaradan oʻtkazish) darhol izga tushib ketishi"ni aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala