Jamiyat

"Nima deyishga ham hayronmiz": bayramdan keyin sayilgohlar axlatxonalarga aylandi

© GUILLERMO LEGARIA / AFPVыvoz musora
Vыvoz musora - Sputnik Oʻzbekiston
"Bayramdan keyingi ahvol. Nima deyishni ham bilmaymiz...", - deb yozgan axlatxonaga aylangan xiyobon suratini joylagan post muallifi

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Kuni kecha inshonlangan Navroʻz tantanalaridan keyin sayilgoh sifatida xizmat qilgan manzillar axlatxonalarga aylandi. Abduvali Qurbonov niki ostidagi foydalanuvchi xiyobonlarni suratga olib, Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi "Xalq bilan muloqot" guruhiga joyladi.

© Foto iz FeysbukaSituatsiya posle prazdnovaniya Navruza
Situatsiya posle prazdnovaniya Navruza - Sputnik Oʻzbekiston
Situatsiya posle prazdnovaniya Navruza

"Bayramdan keyingi holat… Nima deyishni ham bilmaymiz…", — deb yozgan post muallifi suratlarga izoh berar ekan.

Internet foydalanuvchisi nima deyishni bilmagan boʻlsa-da, ushbu postga koʻzi tushgan guruh aʼzolari nima deyishni yaxshi bilishgan va quyidagi izohlarni qoldirishgan.

Azizbek Allabergenov nikli foydalanuvchi post muallifiga bu holatni koʻrsatganiga uchun rahmat aytib, vaziyatga "… xalqda hali dahldorlik tuygʻusi shakllanmagannining yaqqol koʻrinishi….", deya izoh bergan.

"Sharmandalik", — degan xolos Turgʻunov Jasur.

"500 dollardan shtraf qilib qoʻyishsa, muammo hal boʻlardi. Tabiatni asrash oʻz qoʻlimizda", — deb taklif kiritgan Saida ismli foydalanuvchi.

Bazar - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Puling yoʻq bozorda nima qilasan": nahotki pulga chaqilmaydigan hech nima qolmadi!?
Adxam Anvarovich Kalonov nikli foydalanuvchi ushbu posga izoh berar ekan, muallifning muddaosini tushunmaganini bayon etgan.

"Maorif va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatdan ozod qilinsa ahvol shuuu" demoqchi boʻlgan postmi bu??? Yoki "komxoz (obodonlashtirish) xodimlari ishlamayapti yoki yetishmayapti"mi? Balki "Urna (ahlat quti)lar yetarli boʻlmaganligi tufayli"dir? Chiqindi tashlagani muayyan joylar bormidi oʻzi? Kim shira bosgan qogʻozlarini qoʻlida koʻtarib yuradi?

P.S. Aybni kimgadir agʻdarishdan avval yetarli yechimini muxayyo etib qoʻyish maqsadga muvofiq boʻladi manimcha…", — degan u.

"Gap urnadamas, odamlar juda befarosat boʻlib ketishgan", — degan yana bir foydalanuvchi.

"Odamni moldan va eshshakdan farqi sal tozalikka eʼtiborliroq boʻladi, it ham yotgan joyini tozalab yotadi dumi bilan…afsus..", — deb yozgan Zoxidjon Ergashev.

Izoh qoldirayotganlarni aksariyati haqoratli soʻzlar qoldirishgan. Kesatiqli izoh berganlar ham koʻp.

"Hammasiga turk seriallari, Ishani, anovi oʻzbekcha gapirishni bilmaydigan Rayhon, SSSR, Tramp, kiril alifbosi, Samvel Babayan, eshak goʻshtini sotganlar, soliqchilar, prokurorlar, hokimlar, bojxonachilar, poliklinika bosh vrachlari aybdor. Oddiy xalqimizda umuman ayb yoʻq. Nomaʼqul ishlarni qilmaydi", — deya kesatgan foydalanuvchilardan biri.

Prazdnovaniye Navruza v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bunaqasi boʻlmagan: Oʻzbekiston rahbari Sharqona Yangi yilni ikkita shaharda qarshi oldi
"Kaminaga bu rasm kelganda birinchi hayolimga kelgan narsa "Axlat tashlash uchun joylar yetarli emas", — degan fikr keldi. Lekin har kuni avtobusdan tushayotganimda bekatdagi holat koʻz oldimga kelib, fikrimdan qaytdim. Hech eʼtibor berganmisiz: bekatlarimiz atrofi toʻla yirtilgan chiptalar. 2-3 qadam narida esa axlat qutisi…", — deb yozgan Abduvali Qurbonov nikli foydalanuvchi.

"TV orqali hadeb er —xotinchilikni, qaynona-kelin janjallarini olib chiqavermay shu kabi masalalarni koʻtarish kerak, chunki tarbiya bir daraxt. Daraxt ildizsiz boʻlmaydi…", — deb yozgan Nasibaxon Ergasheva.

Shuningdek, foydalanuvchilar orasida (bayram ishtirokchilari boʻlishsa kerak) "Obbo, shuyam muammomi?", deganlar koʻpchilikni tashkil qilgan.

Axlatga aylangan sayilgoh surati ostida "Mollar!" deya izoh qoldirayotganlar ham koʻp. Ushbu foydalanuvchilar esa bayramda ishtirok etmaganlar boʻlsa kerak, degan taxminga borish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2018 yilda Navroʻzni ketma-ket besh kun davomida nishonlamoqda. Bayram oldidan respublikaning barcha hududlarida umumxalq hashari oʻtkazilib, unda 20 millionga yaqin fuqarolari ishtirok etdilar. Ikki kun ichida hashar ishtirokchilari 22 million daraxt koʻchatlari, 14 million gul koʻchatlarini ekdilar va 45 ming gektardan ziyod hududni, 8 ming qabristonni obodonlashtirdilar, 27 ming kilometr ariqlar hashar yordamida tozalandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala