Hodisalar

Jizzaxda aka-ukalar odam savdosida gumon qilinib ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda ikki shaxs odam savdosida gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Naruchniki odetыe na  jenщinu - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Rossiyaga fohishalarni joʻnatib turgan fuqaro Toshkent aeroportida qoʻlga olindi

Xabarda aytilishicha, Jizzax viloyati IIBga mahalliy fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tanish aka-ukalar uni va ikki nafar farzandini Qozogʻistonda yuqori daromadli ish borligini taklif qilishganini bildirgan.

"Qozogʻiston Respublikasiga yetib kelishlari bilan nomaʼlum "Zoir" va "Sailxon" ismli shaxslar kutib olib, fuqarolik pasportlarini olib qoʻyishganligini va majburiy mehnatga jalb qilib, ulardan foydalanganligini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan", — deyiladi xabarda.

Koʻrilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "b,ye,i" bandlari (odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan holda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala