Sobiq-reportor: Oq uyda yadroviy hujumlar va pashshalardan himoya mashg‘ulotlari o‘tilmoqda

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBeliy Dom v Vashingtone
Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Washington Postning sobiq jurnalisti hozirda Oq uyning ommaviy qirg‘in qurolidan ko‘ra muhimroq muammosi borligini ta’kidlagan. "Ular yadroviy qishga tayyor ekanliklari bilan bir qatorda, ayni vaqtdagi muhimroq muammo - pashshalarga qarshi kurash olib borishmoqda. Tuz bilan o‘ylangan miltiqlar yordamida", - deb yozadi nashr

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Vashingtondagi Oq uy xodimlari ommaviy qirg‘in quroli bilan hujum qilingan taqdirda maxfiy bunkerda jon saqlashlari mumkin. Bunker Oq uy ostida bunyod etilgan, hozircha esa ular ortga tashlab bo‘lmas muammo — pashshalarga qarshi kurash olib borishmoqda, deb yozgan o‘zining "Trampning Oq uyi — o‘yin qoidalarining o‘zgarishi" nomli kitobida Washington Post nashrining sobiq reportori Ronald Kessler.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga qo‘shni davlatlarning urush sharoitiga tayyorligini o‘rganmoqda - OAV
Washington Examiner ushbu kitobdan iqtiboslar keltirgan.

Kesslerning so‘zlariga ko‘ra, bunker Barak Obama prezidentligi davrida Oq uyning g‘arbiy qanoti tagida "Qiyomat kuni ssenariysi" holati yuz berishi ehtimoliga qarshi qurilgan.

Umumiy hajmi 376 millionlik qurilish loyihasi 2010-yilda boshlangan. Qurilishning rasmiy maqsadi sifatida elektro‘tkazish va havo namligini bir xilda saqlash tizimini yaxshilash ko‘rsatilgan.

Ammo jurnalistlarda uzoq vaqtgacha u yerda bunker qurilayotgani haqida gumonlar bo‘lgan, deb qo‘shimcha qilgan sobiq reportor.

"Obama prezidentligining so‘nggi davrida bunyod etilgan chuqurligi besh qavatdan kam bo‘lmagan bunker ommaviy qirg‘in quroli qo‘llanilgan taqdirda Oq uyning butun g‘arbiy qanotini o‘z ichiga sig‘dirishi mumkin", — deyiladi Kessler kitobida. Kitob muallifi bunkerning mavjudligi "maxfiylashtirilgan"i haqida qo‘shimcha qilgan.

AQShning 45 prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Obama olib tashlagan Cherchill haykalini Oq uyga qaytardi
Washington Postning sobiq jurnalisti hozirda Oq uyning ommaviy qirg‘in qurolidan ko‘ra muhimroq muammosi borligini ta’kidlagan. "Ular yadroviy qishga tayyor ekanliklari bilan bir qatorda, ayni vaqtdagi muhimroq muammo — pashshalarga qarshi kurash olib borishmoqda. Tuz bilan o‘ylangan miltiqlar yordamida", — deb yozadi nashr.

"Botqoqlik ustida qurilgan G‘arbiy qanotni pashshalar o‘rab olmoqda. Tramp pashshalardan nafratlanadi. Ishchilar pashshalarni bosim ostida bo‘lgan tuz bilan o‘qlangan miltiq yordamida o‘ldirishmoqda", — deb yozgan jurnalist o‘zining kitobida.

Oq uyning sharqiy qanoti ostida yana bir bunker bo‘lib, jurnalist so‘zlariga ko‘ra, u prezidentning favqulodda operatsiyalari bo‘yicha markazi deb nomlanadi.

Kessler shuningdek, o‘z kitobida Trampga bir kunda turli odamlardan oltitadan sakkiztagacha tahdidlar bo‘lishi haqida yozgan. Barak Obama va kichik Jorj Bushlarga ham shunchadan tahdid qilingan, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0