TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kokshetauda yashovchi ayol o‘z uyi garajidagi avtomobilda eri va notanish qiz jasadiga duch keldi, deb xabar bergan Sputnik Qozog‘iston nashri.
"Kokshetau IIB tezkor boshqaruv markazi maxsus liniyasiga 3-aprel kuni 21.13da qo‘ng‘iroq bo‘ldi: ayol o‘z uyida, temir garaj ichida 1984-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va notanish qiz jasadini aniqlagani haqida xabar qilgan", — deb yozadi nashr.
Hodisa joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi 1992-yilda tug‘ilgan qiz shaxsini aniqlashtirgan.
Tashqi tomondan qiynoq belgilari bo‘lmagan jasadlar morgga jo‘natilgan, ekspertiza tayinlangan.
Politsiya xabariga ko‘ra, o‘limning dastlabki sababi — ugar gazdan zaharlanish ekanligi aytilmoqda.