Analitika

Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qoʻyishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPervыy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov
Pervыy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Agar bu britaniyaning ichki janjali boʻlganida mayli edi, lekin Tereza Mey bunga AQShni ham, Yevropani ham jalb qildi. Bu uning karyerasiga nuqta qoʻyishi mumkin", - deydi Jabarov

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Yangi tafsilotlar ochiqlangan "Skripal ishi" surishtiruvi bilan bogʻliq janjallar Buyuk Britaniya Boshvaziri Tereza Meyning karyerasiga yakun yasashi mumkin, deb taʼkidladi RIA Novostiga FSB generali, Rossiya Federatsiya Kengashining xalqaro qoʻmitasi rahbari birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarov.

Natsionalnыy flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi
Ilgariroq Britaniya Mudofaa vazirligi mahfiy laboratoriyasi rahbari Sky Newsga bergan intervyusida ekspertlar Britaniya tomon taʼkidlayotgani kabi, sobiq Razvedka Bosh boshqarmasi, britaniyalik josus Skripal va uning qizini zaharlashda ishlatilgan "Novichok" moddasining kelib chiqishi manbasini aniqlashtira olmaganliklarini aytdi.

Shundan soʻng Buyuk Britaniya TIV britaniya tomonga ishlagan sobiq polkovnik Sergey Skripalning zaharlanishida Rossiya tomonning aybdorligi haqida xulosa Rossiya kimyoviy qurolni qotilliklarga ishlatish imkonini qidirayotganini, va razvedka xizmatining sobiq xodimlari bu uchun nishon sifatida toʻliq mos kelishlari haqidagi axborotlarga tayangan holda chiqarilganini maʼlum qilgan edi.

"Agar bu britaniyaning ichki janjali boʻlganida mayli edi, lekin Tereza Mey bunga AQShni ham, Yevropani ham jalb qildi. Bu uning karyerasiga nuqta qoʻyishi mumkin", — dedi Jabarov.

Jabarovning fikricha, leyboristlar Vazirlar Mahkamasi rahbarining isteʼfosini talab qilishlari mumkin, konservatorlar uchun esa Solsberidagi hodisa ular oʻzlari shakllantirgan katta muammoga aylanmoqda.

"Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson yoki Bosh vaziri bu vaziyatdan qanday chiqishlarini va toʻkilib borayotgan surishtiruv doirasida Yevropa qanday yuzini saqlab qolishini tomosha qilamiz", — deb taʼkidladi u.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Hammasi "Novichok" tufayli: Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni toʻxtatmoqda
Jabarovning fikricha, Rossiya ushbu holatda birinchi oʻrinda kechirim talab qilishi, shuningdek, gap Rossiya fuqarolari borasida ketayotgan ekan va Skripal va uning qizi zaharlanishi hodisasida oʻtkazilayotgan surishtiruv ishlarida ishtirok etishni talab qilishi kerak. Bundan tashqari, Rossiya tomon ish materiallaritanishib chiqish imkoniyatini taqdim etishlarida qatʼiy turishi lozim, deydi parlamentariy.

"Yevropa uchun bu yana bir dars, AQSH va Buyuk Britaniya taʼsirida ish qishil kerakmas, mustaqil boʻlish kerak", — deb taʼkidladi Jabarov.

Toʻrtinchi mart kuni Britaniyaning Solsberi shaharchasida britaniyalik josus Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon A234 moddasi bilan zaharlangan Skripallar ishiga Rossiya davlatining aloqadorligini taʼkidlab kelmoqda, Moskva esa buni keskin rad etmoqda.

Yevropaning qator mamlakatlari, shu jumladan Frantsiya, Germaniya va Polsha, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Ukraina, Moldaviya, hamda AQSH va Kanada Skripal ishi tufayli 100 dan ziyod rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar.

Yangiliklar lentasi
0