Jamiyat

Oʻzbekistonda avtomobilni xavfli uslubda boshqarish uchun jarima joriy etilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnaya trassa
Avtomobilnaya trassa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ogohlantirish signal bermasdan mashinaning harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirish, shuningdek ovoz berish qurilmalaridan (klakson) foydalanish uchun jarima choralari qoʻllanilishi mumkin.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda mashinani xavfli uslubda boshqarish uchun jarima joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi. 

Bu 2018-2020 yillar uchun harakat xavfsizligi kontseptsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.

Xususan, 2018 yil 1 iyulgacha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi tayyorlanishi lozim. Qonunda "yoʻl harakatida bezorilik" tushunchasi kiritiladi.

Avtomobil Ravon R4 - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi oshdi

Bunda transport vositasini boshqaruv qoidalariga qasddan rioya qilmaslik, tajovuzkor boshqaruvni koʻrsatish, ogohlantirish signal bermasdan qoʻqqisdan harakat yoʻnalishini oʻzgartirish, xavfsiz boʻlmagan holatlarda ovoz berish signallaridan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

Ushbu hatti-harakatlar uchun eng kam ish haqining 1 baravardan 3 baravargacha jarima choralarini qoʻllash rejalashtirilmoqda.

Bu kabi jarimalar dunyoning koʻplab davlatlarda joriy etilgan. Masalan, Rossiyada mashinani xavfli uslubda boshqarish uchun 5000 rubl jarima, Germaniyada — 3 oyga haydash huquqidan mahrum etish yoki 250 yevro jarima, AQShda — 2500 dollar jarima, Yaponiyada — yarim yil ahloq tuzatish ishlari, Avstraliyada 5500 dollar jarima yoki 3 yilga haydash huquqidan mahrum etish choralari qoʻllanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0