Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O‘zbekistonga taklif etdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Ilhom Aliyevni Ozarbayjon prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston rahbari Ilhom Aliyevni kuni kecha bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi", — deyiladi xabarda.

Vstrecha v ZAO Azerbaydjanskie jeleznie dorogi s delegatsiyey, vozglavlyayemoy pervim zamestitelem predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Sodikom Safoyevim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon temir yo‘l sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Xabarda aytilishicha, davlatlar rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

Ozarbayjon prezidenti O‘zbekiston rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0