Jamiyat

Roskomnadzor rahbari Jarov: 2018 yil oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiramiz

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan haftada Moskva Taganskiy sudi Roskomnazdorning Telegramni blokirovka qilish haqida daʼvo arizasini qanoatlantirgandi.

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar Rossiyada Facebook tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bu haqda Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyuda maʼlum qildi.

"2018 yilning oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiramiz, hamda bajarilishi lozim boʻlgan bir necha bandlar bor: Rossiya hududida rossiyalik fuqarolar maʼlumotlar bazasining mahalliylashtirilishi, barcha taqiqlangan maʼlumotning oʻchirib yuborilishi va boshqa qonunlarga rioya etilishi. Agarda bulardan birontasi yoki hech narsa bajarilmasa, yoki Rossiya davlati bunday harakatlar amalga oshirilishi haqida xabar etilmasa, bloklash haqidagi masala dolzarb ahamiyatga ega boʻladi", — deya aytib oʻtdi Jarov.

Devushka derjit v rukax mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Telegramsiz Rossiya: ommabop messenjer blokirovka qilinsa nima boʻladi

Uning soʻzlariga koʻra, hozir ijtimoiy tarmoq kompaniyasi talablarni bajarish muddatlarida kech qolmoqda. Agar ular bajarilmasa va kompaniya vakillari hukumatga oʻz harakatlari haqida axborot berishmasa, Telegram kabi blokirovka qilish masalasi yuzaga keladi.

Bundan tashqari, Jarov Facebook rahbariyati bilan "maxsus munosabat" boʻyicha xususiy ayblovlarga qaramasdan bunday munosabatlar yoʻq. Fevral oyida tomonlar Roskomnadzorning pozitsiyasini muhokama qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Moskva Taganskiy sudi Roskomnazdorning Telegramni blokirovka qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qanoatlantirgandi. Yaqin vaqtlarda ushbu yuklama AppStore va GooglePlay dan olib tashlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala