Hodisalar

Xorazmda tuman hokimi yordamchisi DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshkoʻpir tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun koʻmaklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlangan

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda "Oʻzbekiston24" telekanali xabar berdi.

Dollarы v konverte - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fargʻonada IIB xodimi 300 dollar pora olayotganida qoʻlga tushdi

Telekanalda namoyish etilgan lavhada aytilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qoʻshkoʻpir tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun koʻmaklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlangan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreyaga shartnoma asosida ishga joʻnatish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming dollar olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida u shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22400 dollar olganligi maʼlum boʻldi.

U yuqorida aytib oʻtilgan holatlar boʻyicha aybiga toʻliq iqrorligini bildirdi.

Hozirda ushbu holat boʻyicha hokim oʻrinbosari Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala