Jamiyat

Toshkent va Bishkek chegaradagi bahsli vaziyatlar yechimi borasida kelishib olishdi

© SputnikPogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto
Pogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Tomonlar davlat chegarasini qoʻriqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyorligi va manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara idoralari ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar rivojlanishi sharoitida chegarada oʻzini qanday tutish qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari matbuot xizmati.

Pogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida yuz bergan hodisa bilan maxsus guruh shugʻullanadi

Matbuot xizmatining xabariga koʻra, tomonlar davlat chegarasini qoʻriqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyorligi va manfaatdor ekanligini taʼkidladi hamda chegaralar xavfsizligiga asosiy zamonaviy tahdidlarni muhokama qildi. Bundan tashqari, 2018 yilning birinchi choragida oʻzbek-qirgʻiz chegarasini qoʻriqlash boʻyicha faoliyat yakunlari tahlil qilindi, dolzarb masalalar va ularni oʻzaro maslahatlashuvlar orqali hal qilish yoʻllari koʻrib chiqildi.

Aprel boshlarida Qirgʻiziston chegarachilari Jalol-Obod viloyatining Aqsi tumanidagi mamay qishlogʻida oʻzbekistonlik chegarachilar Qirgʻiziston fuqarosiga oʻq uzgani va u halok boʻlganini bildirgandi. Oʻzbekiston DXX davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi fuqaro chegarani noqonuniy kesib oʻtgani, chegara xizmati talablariga boʻysunmaganini va yarador qilinganini bildirdi. Keyinroq ikki davlat chegara xizmati rahbarlari hodisani birgalikda oʻrganib chiqishga hamda chegara buzilishi holatida quroldan foydalanmaslikka kelishib oldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala