Jamiyat

Oʻzbekiston Hukumati Sadriddin Ayniy uy-muzeyini taʼmirlash uchun 37 ming dollar ajratdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaByust Sadriddina Ayni naxodyaщiysya v yego dome-muzeye, Samarkand
Byust Sadriddina Ayni naxodyaщiysya v yego dome-muzeye, Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Sadriddin Ayniy Buxoro tavallud topgan. Samarqandda yashab, ijod qilgan. U haqiqatda ikki xalq farzandi edi.

1967 yilda Oʻzbekiston Hukumati tashabbusi bilan Sadriddin Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi tashkil etilgan. Muzey ochilganidan beri uning ekspozitsiyasi ikki marta yangilangan. Oxirgi marta yaqindagina, 15 aprel kuni buyuk olimning 140 yilligi munosabati bilan uy-muzeyga Sadriddin Ayniyga tegishli boʻlgan hujjatlar keltirildi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Vaqt sinovidan oʻtgan doʻstlik: tojik va oʻzbek xalqi munosabatlari haqida film

Shuningdek, uy-muzey 2018 yil mart oyi yakunida kichik taʼmirlash ishlari uchun yopilgan. May oyining ikkinchi yarmida esa muzey 2 oyga toʻliq taʼmirlash uchun yopiladi.

Yozuvchi va davlat arbobi Ayniy faoliyati bilan yaqindan tanishish, bu uyda nimalar saqlayotganligini bilish maqsadida Sputnik muxbiri yodgorlik muzeyiga tashrif buyurdi.

Muzeyga tashrif buyuradigan odam oʻtmishga qaytgandek, hayratda qolishi tabiiy. Axir dunyo tan olgan olim hayot ijodi va oʻtmishdagi voqealar bilan yaqindan tanishish imkoniyati har doim boʻlavermaydi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMemorialnыy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Memorialnыy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Memorialnыy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

"Siz ayni vaqtda keldingiz, 15-20 kundan soʻng muzey toʻliq taʼmirlash uchun yopiladi", — deya oʻz suhbatini boshladi muzeyda gid sifatida faoliyat yurituvchi Farida Narzullayeva.

Taʼmirlash ishlari masalasiga suhbatimiz davomida yana qaytamiz. Hozir esa zamonaviy oʻzbek va tojik adabiyoti asoschisi boʻlgan, Tojikiston qahramoni — Sadriddin Ayniy yashab, ijod qilgan xonalarni koʻzdan kechirishga qaror qildik.

Ikki tilda ijod qilgan yozuvchi, olim Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi Samarqand markazida, mashhur Registon maydonining deyarli roʻparasida joylashgan.

"Ustoz" degan moʻtabar nomga loyiq topilgan va eʼzozlangan olim Sadriddin Ayniyning Samarqandga kelib qolishi tarixiga nazar tashlaymiz. 

…Buxoroda tavallud topgan maʼrifatchi talabalik chogʻlaridayoq Ahmad Donish yozgan asarlardan taʼsirlangan holda, Yevropacha uslubdagi yangi maktablarni ochish, zamonaviy oʻquv dasturlar asosida bolalarni oʻqitish kerak degan xulosaga keldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande
Dom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Dom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande

Ammo oʻsha vaqtlarda Buxoroda hukmron boʻlgan amir erkin fikrlaydigan maʼrifatchilarni taʼqib qila boshlaydi. Shu vaqtlarda, yaʼni 1915-16 yillarda Sadriddin Ayniy Buxoroda yashirinadi.

1917 yil 9 aprelda jadidchilar qoʻzgʻoloni boʻlgan paytda, Ayniy Buxoroda qoʻlga olinadi va 75 darra tayoq oʻrish bilan jazolanib, qamoqqa solinadi. Qoʻqon gospitalida 2 hafta davolangach, Samarqadda doimiy yashash uchun yoʻlga chiqishga qaror qiladi…

"Ustoz Sadriddin Ayniy Samarqandga kelgach, avvaliga doʻstlar va qarindoshlar uylarida yashaganlar. Bir qancha vaqtdan soʻng, 1923 yilda mana shu uy-muzeyning, siz koʻrib turgan oʻng tomondagi birinchi qismini sotib oladi. (Uy ikki qismdan iborat, tahr.) 1930 yillarda esa Oʻzbekiston Hukumati Sadriddin Ayningning shaxsan oʻzi tuzgan loyihasi asosida uyning mana shu, chap tomondagi qismini pishiq gʻishtdan qurib beradi. Hukumat bu bilan olimga u ijod qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bergan edi", — deydi Farida Narzullayeva.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRabochiy kabinet Sadriddina Ayni
Rabochiy kabinet Sadriddina Ayni - Sputnik Oʻzbekiston
Rabochiy kabinet Sadriddina Ayni

Samarqandlik ilm ahli Ayniy kelishini juda katta xursandchilik bilan qarshi olishadi. Ayniy yangicha uslubdagi maktablarni ochish borasida oʻzbek va tojik maʼrifatchilari bilan faol ish boshlaydi. U vaqtda Oʻzbekiston va Tojikiston poytaxti Samarqand shahri boʻlgan, Ayniy Samarqanddagi tojik nashriyotida ish faoliyat olib boradi.

Sovet hokimiyatining ilk davrlarida, Tojikiston hali shakllanmagan paytda, tojiklarning millat sifatida mavjudligini inkor etgan kuchlar paydo boʻladi.

Sadriddin Ayniy oʻzining "Tojik adabiyotidan namunalar" nomli kitobi bilan bu bahslarga yakun yasaydi. Bu kitobni u Samarqandda yozadi. Mana shu asari uchun Ayniyga birinchilardan boʻlib Tojikiston Qahramoni unvoni beriladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKomnata dlya otdыxa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Komnata dlya otdыxa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Komnata dlya otdыxa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

Ayniy ijod qilgan xona odmi, ortiqcha narsaning oʻzi yoʻq — taxtali stol, lampa, telefon, shuningdek, kitob javoni va divan qoʻyilgan…

Bunday kamtarona jihozlangan xonada mutafakkir tojik va oʻzbek tillari yozilgan asarlari ustida ish olib boradi.

Aynan shu yerda uning "Odina", "Qul bobo", "Eski maktab", "Sudxoʻrning oʻlimi" qissalari, "Doxunda" va "Qullar" romanlarini yozadi. 1936 yilda yozilgan "Sudxoʻrning oʻlimi" asari katta shuhrat keltiradi. Ushbu asarida Ayniy Buxorodagi feodal tizimni qoralagan.

Farida Narzullayeva soʻzlariga koʻra, shu yerda Ayniy mashhur davlat arboblari — Fayzulla Xoʻjayev, Yoʻldosh Oxunboboyev va boshqalar bilan uchrashgan. Shuningdek, oʻzbek shoirasi Zulfiya va Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy koʻmitasi birinchi kotibi Sharof Rashidov ham ushbu xonadonda mehmon boʻlishgan. Xona devorida osigʻlik suratlar bu haqda "soʻzlab" turishibdi…

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom-muzey Sadriddina Ayni
Dom-muzey Sadriddina Ayni - Sputnik Oʻzbekiston
Dom-muzey Sadriddina Ayni

Tojikistondan ham mehmonlar kelishadimi, savol beraman gidga. "Albatta, Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasi ochilgandan keyin bir oy ichida juda ziyoratchi, sayyohlar juda koʻp boʻldi. Haligacha ularning keti uzilgani yoʻq..", — degan javobni olaman.

"Tojikiston istiqlolining 10 yilligiga bu kishiga Tojikiston qahramoni unvoni berilgan. Shuning uchun ham u yerdan institut va universitet talabalari, hattoki oddiy aholi ham bu kishining uylari, yashagan joylarini koʻrishga kelishayapti", — davom ettiradi muzey xodimasi.

Farida Narzullayevaning soʻzlariga koʻra, joriy yil 15 aprel kuni mana shu uy-muzeyda ustoz Ayniyning 140 yillik yubileylari katta tantana tarzida nishonlangan. "Mana shu yubiley munosabati bilan uy-muzeyda qoʻshimcha ekspozitsiyalar ochildi, mana bu qoʻlyozma, kitoblar, ustozga tegishli shaxsiy hujjatlar shular jumlasidan", — deydi Farida Narzullayeva.

Suhbat davomida ayol muzeyni taʼmirlash uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan 300 million soʻm (37 ming dollar, tahr.) mablagʻ ajratilganligini maʼlum qildi. "Muzey toʻliq taʼmirdan chiqariladi, tartibga keltiriladi, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Kontseptsiya ishlab chiqilgan. Yodgorlik majmui tanib boʻlmas darajada oʻzgaradi, chiroy ochadi", — deydi Farida opa.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

Sadriddin Ayniy ushbu uyda 1954 yil may oyigacha yashab, ijod qilgan. Shundan soʻng ogʻir xastalikka chalinib, davolanish uchun Tojikistonga borishga majbur boʻlgan. Dushanbeda ikki oy yashab, 15 iyulda vafot etgan. Sadriddin Ayniy Dushanbeda, Ayniy nomidagi bogʻda dafn etilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoxoronnыy protsess, v Dushanbe proщayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni
Poxoronnыy protsess, v Dushanbe proщayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni - Sputnik Oʻzbekiston
Poxoronnыy protsess, v Dushanbe proщayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni

Tojikistonda vaqti Ayniy umuman ijodga qoʻl urmagan ekan, u kishidan buning sababini soʻrashganida: "Men Samarqandga qaytishim kerak. Oʻzimning yozuv stolimga oʻtirib, qalamimni siyohdonimga botirsam, shunda men yangi asar yoza olaman", — deb aytgan ekan Ayniy oʻz yaqinlariga…

Bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Aynan Sadriddiy Ayniy singari buyuk ijodkorlar ikki davlat xalqlari birlashishida oʻz hissalarini qoʻshganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala