Hodisalar

Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi

CC0 / Pixabay / Lekarstvennыe sredstva
Lekarstvennыe sredstva - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra 60 million soʻmlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari koʻp miqdordagi dori vositalari va tibbiy buyumlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

"Moskva-Toshkent reysi boʻyicha parvozini yakunlagan fuqaro Z.B. bojxona chegarasidan "yashil" yoʻlak orqali oʻtayotib, yonida taqiqlangan yoki ortiqcha yuklari yoʻqligini maʼlum qiladi. Biroq bojxona xodimlarida shubha uygʻotgani sababli uning yuklari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi va uning qilmishlari fosh boʻldi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Z.B. yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovi paytida aytilmagan, umumiy narxi dastlabki surishtiruvlarga koʻra 60 million soʻmlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan.

Zaderjaniye podozrevayemыx v sovershenii prestupleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
DXX toʻrt nafar "Xizb ut-Tahrir" aʼzosini qoʻlga oldi

Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir yoʻlovchi fuqaro A.J.ga ham bojxona chegarasidan "yashil" yoʻlak orqali 29 turdagi 113 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib oʻtish "nasib" qilmadi.

Ushbu shaxs qiymati 25 million soʻmlik ushbu tovarlar haqida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovi paytida ham maʼlum qilmay turib, olib kirmoqchi boʻlgan paytda toʻxtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala