Jamiyat

Oʻzbekistonda propiska-roʻyxatga olishning elektron tizimi ishga tushirildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu tizim orqali hozircha Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil maʼlumotlarini taqdim etish xizmatlari koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi 1 maydan boshlab pasport-viza sohasidagi davlat xizmatlarining soddalashtirilgan tartib-taomillarini taʼminlovchi elektron tizimni ishga tushirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Mazkur tizimda hozircha sanoqli xizmatlar koʻrsatiladi. Bular Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil maʼlumotlarini taqdim etish xizmatlaridir.

Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pasport tizimi va propiska masalalari boʻyicha qonun loyihasi tayyorlandi

"Ushbu tizim sinov tariqasida ishlatilayotganligi sababli davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida texnik nosozliklar yoki xatoliklar yuzaga kelsa yoki tizimni yaxshilash boʻyicha takliflaringiz boʻlsa, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining apaat@intal.uz elektron pochtasiga maʼlumot yuborishingizni soʻraymiz", — deyiladi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan.

Eslatib oʻtamiz, 1 noyabrdan milliy ID-kartalar tizimi joriy etiladi. Dastlabki sinov rejimi Toshkentda boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab chiqish stikerlarini bekor qilish va xorijga chiqish pasportini joriy qilish haqidagi qarorni imzolagandi. Stikerlar tizimi 1995 yildan beri amal qiladi.

Bundan avval amaldagi biometrik pasportlar respublika hududida foydalanish, chet elga chiqish uchun esa xorijiy pasportlarni tatbiq etish etish rejalashtirilgandi.

Oʻz navbatida koʻplab ekspertlar va mutaxassislar ikkinchi pasport oʻrniga ID-kartalar joriy etish boʻyicha takliflarni bildirishdi. 2011 yil oktyabr oyida Oʻzbekistonda 1994 yilda kiritilgan pasportlarni yangi biometrik pasportlarga almashtirishga kirishilgandi.

2014 yil 1 iyuldan hukumat qaroriga koʻra Oʻzbekiston fuqarolari xorijga faqat biometrik pasportlar bilan chiqishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0