Hokim Turobjon Joʻrayev urush faxriylariga prezident sovgʻalarini topshirdi

© samarkand.uzXokim Samarkanda zachital veteranam pozdravleniye ot Shavkata Mirziyoyeva
Xokim Samarkanda zachital veteranam pozdravleniye ot Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati hokimi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarinikiga shaxsan borib, Oʻzbekiston prezidenti tabrigini oʻqib eshittirib, sovgʻalarni topshirmoqda

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Joʻrayev Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining xonadonlariga borib, prezident sovgʻalarini topshirdi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Direktor shkolы №302 Feruza Xudoyarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Maktab direktori Feruza Xudoyorova 9 mayni nishonlash nima uchun muhimligini aytdi
Xabarda aytilishicha, Samarqand shahrida istiqomat qilayotgan Galina Juravlyova urushning ogʻir damlarini boshidan kechirgan millionlab insonlarning biri. Yosh qizaloq fashizmga qarshi kurashda aloqachi sifatida xizmat qilib, erishilgan gʻalabaga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Uning koʻrsatgan mardligi koʻksini orden va medallarga toʻldirib turibdi.

Viloyat hokimligi, jamoatchilik vakillari, yoshlar onaxonning xonadoniga tashrif buyurishib, u kishiga Oʻzbekiston rahbarining bayram sovgʻalarini topshirgan.

Shaharning "Marhabo" mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 92 yoshli Yevgeniy Soldatov hayotining shirin damlari urush yillariga toʻgʻri keldi. Qonli janggohlarda fashistlarga qarshi kurashdi. Bugun oʻsha damlarni u achchiq xotiralar bilan yodga oladi.

Viloyat hokimi Joʻrayev Yevgeniy Soldatovga ham Mirziyoyev sovgʻalarini topshirib, bayram tabrigini oʻqib bergan.

© samarkand.uzXokim Samarkanda zachital veteranam pozdravleniye ot Shavkata Mirziyoyeva
Xokim Samarkanda zachital veteranam pozdravleniye ot Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Xokim Samarkanda zachital veteranam pozdravleniye ot Shavkata Mirziyoyeva

"Inson qadri ulugʻ, xotira muqaddas. Yurt tinchligi, osoyishtaligi yoʻlida koʻrsatgan jasorati esa har qancha eʼzozga munosib. Ikkinchi jahon urushining suronli janggohlaridan omon qaytib, yurtimiz taraqqiyotiga fidokorona mehnat qilib, ayni chogʻda davlatimiz eʼtiborida umrguzaronlik qilayotgan ota-bobolarimizning koʻrsatgan jasorati ana shunday taʼrifga munosib", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala