Jamiyat

Toshkent harbiy okrugi poligonida tank biatloni, parad va xalq sayli boʻlib oʻtdi

Chirchiqdagi Toshkent harbiy okrugi poligonida 9 may Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tank biatloni va harbiy parad boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Kecha 6 may kuni Chirchiqdagi Toshkent harbiy okrugi dala oʻquv maydonida tank biatloni, harbiy parad va xalq sayli boʻlib oʻtdi. Bu haqida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi oʻzining youtube kanalida xabar qilmoqda.

Detskiy voyennыy parad v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda bolalar harbiy paradi boʻlib oʻtdi

9 may Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbir erta tongda Oʻzbekiston Qurolli kuchlarining harbiy paradidan boshlandi.

Undan soʻng Toshkent harbiy okrugining  dala oʻquv maydonida tank biatloni musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada Oʻzbekiston tankchilari jangovar mashinada turli toʻsiqlardan oʻtish va nishonga olish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.  

Biatlonda gʻoliblarini tabriklash marosimidan soʻng xalq sayli tashkil qilindi. Dala oʻquv maydonini koʻklamzorlari bagʻrida oʻnlab chodirlar tikildi. Qurolli kuchlar yakkaxon ijrochilari va milliy ashula va raqs ansambllari ishtirokida kontsert dasturi tashkil qilindi. Tadbirga minglab odamlar tashrif buyurishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala