Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s zamestitelem ministra inostrannыx del Velikobritanii
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s zamestitelem ministra inostrannыx del Velikobritanii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Suhbat davomida Oʻzbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali roʻyobga chiqarish muhim ekanini alohida taʼkidladi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni London shahri aeroportida qisqa texnik toʻxtash davomida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali roʻyobga chiqarish muhim ekanini alohida taʼkidladi.

Belыy Dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oq Uy: Mirziyoyevning AQShga tashrifi - tarixiy

Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Alan Dunkan Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, respublikaning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan faol saʼy-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganiga yuksak baho berdi.

Buyuk Britaniya ikki davlat oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.

Londondagi texnik toʻxtashdan soʻng Oʻzbekiston prezidenti AQShga joʻnab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0