KXDR Janubiy Koreya bilan 16-mayga belgilangan uchrashuvni bekor qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Pxenyan
Goroda mira. Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki Koreya o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuv 16-may kuni ikki davlat chegarasidagi Pxanmundjom muzokaralar punktida bo‘lib o‘tishi lozim edi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. KXDR chorshanba kuni 16-may kuniga Janubiy Koreya bilan belgilangan oliy darajadagi uchrashuvni bekor qilgani haqida bayonot berdi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ushbu qarorni AQSh va Janubiy Koreya hamkorligida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar tufayli qabul qilgan.

Ministr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon  vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9-yanvarya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokalar: nimalarga kelishildi?

Ilgariroq Janubiy Koreya KXDRning 16-may kuni ikki davlat chegarasidagi Pxanmundjom muzokaralar punktida oliy darajada uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilgan edi.

Ronxap agentligi ilgariroq AQSh va Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari 15-apreldan boshlab Janubiy Koreyada "Max Thunder" deb nomlangan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishi haqida xabar bergan.

Harbiy manyovrlarda 1200 nafar amerikalik harbiy xizmatchilar,  F-16 va F-18V qiruvchi samolyotlari, shuningdek, REB EA-18G paluba samolyoti ishtirok etadi. Janubiy Koreya tomonidan mashg‘ulotlarda 640 nafar askar, KF-16, F-15K, F-5E, F-4E, FA-50 samolyotlari, shuningdek, C-130-CN-235 samolyoti jalb qilingan.

Amerika-Janubiy Koreya mashg‘ulotlari davomida jami yuzga yaqin samolyotlar havoga ko‘tarilgan, deb xabar qilgan agentlik.

Yangiliklar lentasi
0