Siyosat

Shoygu Afgʻonistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

© REUTERS / Mohammad IsmailAfganskiye silы bezopasnosti pribыvayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule
Afganskiye silы bezopasnosti pribыvayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻonistondagi vaziyat barqaror emas, bu esa unga chegaradosh mamlakatlarga terroristlar uyushmalarining kirib borishiga imkon yaratadi, deb hisoblaydi Rossiya Mudofaa vaziri

TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Afgʻonistondagi vaziyat barqaror emas, bu esa unga chegaradosh mamlakatlarga terroristlar uyushmalarining kirib borishiga imkon yaratadi, deb taʼkidladi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Oʻzbekiston Mudofaa muassasasi rahbari Abdusalom Azizov bilan muzokaralarda.

Dunyoda
Pentagon: Oʻrta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

Shoyguning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekistonning harbiy va harbiy-texnik hamkorligi "konkret va juda muhim xarakter" kasb etadi.

"Bu albatta, birinchi navbatda, Oʻzbekiston chegarasidagi tahdidlar bilan bogʻliq. Bu yerda Suriyadan qoʻshni, chegaradosh davlatlarga, shu jumladan, Oʻzbekistonga tomon harakatlanayotgan, tobora ortib borayotgan xalqaro terrorizm tahdidini aytib oʻtish lozim", — dedi Shoygu.

"Biz bugun Afgʻonistondagi vaziyat yanada barqaror va yanada xavfsiz boʻldi, deb aytolmaymiz. Shuni inobatga olish kerak, Suriyadan ketayotgan uyushmalar, xususan, Afgʻonistonga koʻchib oʻtmoqda. Bu yerda mamlakat manfaatlari himoyasiga tura oladigan harbiy mutaxassislarni tayyorlash masalasi muhim rol oʻynaydi", — deb taʼkidladi Rossiya Mudofaa vaziri.

Yangiliklar lentasi
0