Sport

Yemagan somsaga kim pul toʻlaydi – Rossiyami?

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Fotobankka oʻtishMarsh yedinstva bolelщikov pered matchem Dinamo - Shaxter vo Lvove
Marsh yedinstva bolelщikov pered matchem Dinamo - Shaxter vo Lvove - Sputnik Oʻzbekiston
Kiyevda britaniyalik futbol muxlislarini doʻpposlashdi, OAVlar esa bunda darhol rus futbol fanatlarni ayblashdi. Natijada yevropaliklar Rossiyaga futbolga kelishdan qoʻrqa boshladi.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Oʻtgan payshanba kuni Kiyevda 20ga yaqin futbol xuliganlari, Chempionlar ligasini tomosha qilish uchun kelgan, restoranda tinchgina ovqat yeb oʻtirgan, britaniyalik futbol muxlislariga hujum qilishdi. Alohida taʼkidlaymiz, britaniyalik jabrlanuvchilar mushtlashishga oʻrganib qolgan futbol fanatlari emas, 40-45 yoshli qorin qoʻygan britaniyalik futbol muxlislari boʻlgan. Mushtlashuvdan restoran ham jiddiy zarar koʻrgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Moskovskiy metropoliten - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya deputatlari JCH-2018 vaqtida axloq politsiyasini tashkil qilishmoqchi

Umuman olganda, shunday boʻlishini oldindan ham aytish mumkin edi, chunki Yevropa klub futbolining eng muhim oʻyinlarini, siyosiy vaziyat notinch boʻlgan, maʼmuriy tashkilotlar ishlamaydigan va kriminal vaziyat yomon boʻlgan Ukraina poytaxtidan oʻtkazishga qaror qabul qilinganda, hammasi risoladagidek oʻtishiga faqat axmoqlar ishongan edi.

Eng qizigʻi mushtlashuvdan keyin boshlandi

Britaniyaning Daily Mirror nashrining ijtimoiy tarmogʻidagi kanalida “Liverpul” muxlislariga “rus futbol xuliganlari  hujum qildi” deb eʼlon qilindi. Maqolaning rasmiy shaklida esa “niqob kiygan xuliganlar” deyilgan boʻlsada, dunyo OAVlari bir zumda “Bitaniyaliklarga hujum qilgan rus fanatlari” haqida jar sola boshladi.

Ispaniyaning Marca nashri “Rus futbol fanatlari “Liverpul” muxlislariga hujum qildi” mavzusi ostida Kiyevdagi mushtlashuv videolavhasini joylashtirdi.

SPUTNIK_Bыvshiy igrok «Anji» Odil Axmedov: v Rossii boleyut kak sumasshedshiye! - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Odil Ahmedov: rossiyalik futbol ishqibozlaridan xavotirlanishga hojat yoʻq

Shundan soʻng OAVlarda “Yevropalik futbol muxlislari yoppasiga biletlarini topshirmoqda” sarlavhali vahimali xabarlar birin-ketin paydo boʻla boshladi. Demak kimdir rostdan ham Rossiyaga kelishdan qoʻrqa boshladi.

Shu oʻrinda, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bir vaqtlar Rossiyadagi futbol chempionatiga bormaslikka daʼvat  qilganini esga olsak, Kiyevdagi mushtlashish ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish yoʻlida amalga oshirilgan, puxta oʻylangan rejaning bir qismi boʻlishi ehtimoli oshadi.

Britaniyalik muxlislarni doʻpposlash faqat bir maqsadni – Rossiyada JCH-2018 oldidan futbol muxlislarini “rossiyalik fanatlar” nomi bilan qoʻquvga solishga qaratilgan. U goʻyoki “Rossiyaga borsanglar mana sizni nima kutayapti” deyotgandek…

Tereza Mey. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum eʼlon qildi

Lekin, oq bilan qorani yaxshi ajrata oladigan muxlislar bunga biroz hayron qolishdi. Chunki Rossiya va Ukraina orasidagi munosabatlar “urush holatida” ekanini ular yaxshi tushunadi. Shunday ekan rus futbol fanatlari Kiyevda nima qiladi?  Baʼzi futbol ishqibozlari “Chempionlar Ligasi Yangi Zelandiyada oʻtkazilganda ham — ruslar aybdor boʻlardi” deb istehzo qililishdi.

Daily Mirrorga rus fanatlari haqidagi birinchi yolgʻon kamlik qilgandek, yana bir “jarangdor” maqola chiqardi. “Liverpul” muxlislariga uyushtirilgan hujum ortida ruslar turibdimi?” – mavzusi ostida chop etilgan maqola ichida “rus fanatlari” haqida hech qanday dalil yoki fakt keltirilmagan. Ularning eng muhim “dalili” – xuliganlardan biri politsiya xodimi bilan rus tilida gaplashgani emish. Nahot Kiyevda futbol xuliganlaridan boshqa hech kim rus tilida gaplashmasa?

Ofitsialnыy gimn CHM-2018 po futbolu v Rossii, video - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Live It Up: internetda JCH-2018 madhiyasining audioyozuvi paydo boʻldi

Hech qanday asosga ega boʻlmagan, ushbu maqolani chop etishdan maqsadi — rus futbol fanatlari nomini sarlavhaga chiqarishdan boʻlak emasligi, yaqqol koʻzga tashlanib qolgan.

Bunaqada istalgan kishini istalgan narsada ayblash mumkin. Maslan, “Britaniyalik muxlislarga Rim Papasi buyrugʻi bilan hujum qilinganmi?” deb maqola yozib, dalil sifatida xuliganlardan birining boʻynida xoch boʻlganini keltirsa yetarli.

Darvoqe, hujum qilganlar haqida ikki ogʻiz soʻz. Kiyev TSSKA klubining fanatlarining “dubli”, yaʼni yoshlar guruhi. Oʻzlarini “Trouble Company” deb ataydigan fanatlar, sinchiklab oʻrganilganda hech kim yaxshi tanimaydigan va Rossiya, Polsha, Serbiya va hatto Xorvatiya futbol fanatlari oldida obroʻsi yoʻq gruppirovka boʻlib chiqdi. Bu bilan ular oʻzlariga obroʻ orttirmoqchi boʻlganmi yoki buyurtma asosida ishlaganmi – tushunishning iloji yuq.

Xorijiy OAVlar – esa “feyk-nyuz”, yaʼni yolgʻon xabarlar yaratish va tarqatishda usta ekanligi yana bir bor koʻzga tashlandi. Ular, real hayotda nima boʻlishidan qatʼiy nazar, Rossiyani hamma narsada ayblashga tayyor. Xullas, “Chempionlar ligasi Yangi Zelandiyada oʻtganida ham baribir Rossiya aybdor boʻlardi”, degan gap haq boʻlib chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala