Dunyoda

Xitoy AQShni oʻz hududiy suvlariga bostirib kirishda aybladi

"AQSH HDK kemalari 27 may kuni Xitoy hukumati roziligisiz oʻzboshimchalik bilan Sisha orollari akvatoriyasiga bostirib kirdi", - deb bayonot qildi Xitoy mudofaa muassasasi vakili

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Amerika harbiy kemalari oʻzboshimchalik bilan Xitoy hududiy suvlariga bostirib kirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi vakili U Tsyan xabar berdi.

Tsyan ilgariroq OAVlarda tarqalgan — Higgins esminetsi va boshqariluvchi raketa quroliga ega USS Antietam kreyseri Sisha (Parassels) orollaridan 12 dengiz mil oʻtganligini haqidagi xabarlarni tasdiqlagan.

Predsedatel KNR Si Tszinpin v aeroportu Gamburga - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Si Tszinpin: Xitoy jahonda oʻrnatilgan tartibni hech qachon buzmaydi

"AQSH HDK kemalari 27 may kuni Xitoy hukumati roziligisiz oʻzboshimchalik bilan Sisha orollari akvatoriyasiga bostirib kirdi", — deb bayonot qildi Xitoy mudofaa muassasasi vakili. Pekin bunga javoban Janubiy-Xitoy dengizi hududiga oʻz kemalar aviatsiyasini yuborgan.

Xitoy Mudofaa vazirligi vakiliga koʻra, amerika harbiylariga Parassels orollari akvatoriyasini tark etish ishorasi berilgan.

Amerika kemalarining navbatdagi manevrlari Xitoy xitoy qonunlari va xalqaro normalarga zid fitna, deb baholamoqda Xitoy mudofaa muassasasi. Xitoy Mudofaa muassasi vakilining soʻzlariga koʻra, AQShning harakatlari "Xitoy suverenitetini qoʻpol tarzda beorlarcha buzish" sifatida baholanadi va ikki davlat qurolli kuchlari oʻtasidagi strategik oʻzaro ishonchni hamda tegishli dengiz hududidagi tinchlik va barqarorlikni yoʻqqa chiqaradi.

Pekin ushbu hodisa tufayli keskin eʼtiroz bildirmoqda.

Xitoy Mudofaa vazirligi mamlakatning dengizdan va havodan xavfsizligini kuchaytirishga, shuningdek, davlat suverenitetini himoya qilishga vaʼda bergan. Pekinning mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni himoya qilishdagi qarori qatʼiy, deb taʼkidlashmoqda Xitoy Mudofaa vazirligida.

Pentagon izohi

AQSH Harbiy dengiz kuchlari kemalari Janubiy-Xitoy dengizida kemachilik erkinligi haqidagi xalqaro qonunchilik asosida harakatlanmoqda, deb izoh bergan RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili Kristofer Logan.

Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Amerika shiddat bilan buyuk boʻlayotganini aytdi
"AQSH kuchlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, shu jumladan Janubiy-Xitoy dengizi hududida ham har kuni harakatlanadi. Barcha harakatlar xalqaro qonunchilik asosida bajariladi va Qoʻshma Shtatlar qonunan ruxsat berilgan barcha joyda uchadi, suzadi va harakatlanadi", — deb aytgan Logan.

Uning soʻzlariga koʻra, flot harakatlari tafsilotlari kemachilik erkinligi haqidagi tamoyillarga asosan yillik hisobotda ochiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala