Jamiyat

Yaponiya Oʻzbekistonga 7 mln dollarlik texnika taqdim etadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishRekonstruktsiya trassы, arxivnoye foto
Rekonstruktsiya trassы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur texnikadan qishloq joylarda yoʻl qurilish-taʼmirlash ishlarida foydalaniladi

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Yaponiya Oʻzbekistonga umumiy qiymati 800 million iyen (7,3 million dollar) boʻlgan yoʻl-qurilish texnikasini begʻaraz asosda taqdim etadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Neftepererabatыvayuщiy kompleks. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yaponiya Oʻzbekistonda gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurishi mumkin

Bu Oʻzbekiston va Yaponiya vakillari oʻrtasida Toshkentda imzolangan almashuv notalarida nazarda tutilgan.

"Grant loyihasi doirasida Oʻzbekiston Yaponiyaning Sakai Heavy Industries Ltd kompaniyasi texnikasiga ega boʻladi. Mazkur texnikadan Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish doirasida qishloq joylarda yoʻl-taʼmirlash ishlarida foydalaniladi. Oʻzbekistonga xususan, resaykler va turli xil yoʻlsozlik texnikalari hamda ularning ehtiyot qismlari taqdim etiladi", — deb maʼlum qildi Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi.

Shu yilning mart oyi boshida Oʻzbekiston Xitoyda ishlab chiqarilgan 100dan ortiq yoʻl-qurilish texnikasini sotib olgandi.

Ushbu yil oʻrtasiga qadar yana yuzta yoʻl-taʼmirlash va yoʻl-qurilish texnikasini sotib olish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala