Jamiyat

Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Hukumatlar rahbarlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifini muhokama qilishdi

TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonda ushbu respublika hukumati rahbari Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tojik telegraf agentligi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rahmon Oʻzbekistonga qachon tashrif buyurishi maʼlum boʻldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi muloqotning asosiy mavzusi boʻldi.

Ikki davlat hukumatlari rahbarlari mazkur voqea ikki davlat munosabatlari rivojiga yangi turtki beradi deb hisoblaydi.

Shuningdek, oʻzaro muloqot chogʻida mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlik hamda Dushanbeda boʻlib oʻtadigan MDH hukumat rahbarlari Kengashi yigʻilishining kun tartibi muhokama qilindi.

Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonga 2018 yilning kuzida rasmiy tashrif bilan kelishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala