Iqtisod

Chevrolet Captiva avtomobili ishlab chiqarishdan olinadi

© StringerObnovlennaya Chevrolet Captiva
Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi vaqtda Captiva oʻrnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Yil oxirigacha ushbu turdagi mashinani ishlab chiqarish toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 1 iyun. GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni toʻxtatadi.

Prezentatsiya avtomobilya VolksWagen Amarok - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

“Hozirda Captiva oʻrnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Mashina oʻz hayot tsiklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarish toʻxtatiladi”, - deb maʼlum qildi "RIA Novosti"ga “Oʻzavtosanoat” vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, korxonaning modellarni yangilash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

2018 yilda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan yigʻilishi toʻxtatilgan uchinchi modeldir – aprel oyida zavod Orlando miniveni ishlab chiqarilishi toʻxtatilgandi. Iyul oyida esa Matiz mashinasi ishlab chiqarish toʻxtatilishi haqida maʼlum qilingan.

Avtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshiye modeli GM - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
General Motors Oʻzbekistondagi zavodlarini sotadi

“Oʻzavtosanoat” AJ 2017 yil noyabrda bergan maʼlumotga koʻra, GM Korea bilan 2019 yilda ikkita yangi model Tracker yoʻltanlamasi va zamonaviylashtirilgan Cobalt avtomobillarni ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Kompaniya shu yilning oʻzida Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni boshladi. Chevrolet Tracker oʻta ogʻir sharoitlarda sinovdan oʻtkazildi. Ushbu mashina Orol dengizidan ishlab chqarish zavodigacha – togʻli yerlar va choʻl hududlar orqali minglab kilometr masofani bosib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala