Kamilov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

© Sputnik / Abdulkader Xadj / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirish, unga ko‘p qirrali tus berishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar.

TOShKENT, 4-iyun. 2018-yil 3-iyun kuni Qatarda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Moskvada Lavrov bilan uchrashdi

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirish, unga ko‘p qirrali tus berishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar. Shu o‘rinda turli darajalar va shakllardagi aloqalarni faollashtirish, xususan eng istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash va e’tiborni ularga qaratish imkonini yaratadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Amerika bilan aloqalarni kuchaytirish milliy manfaatlarimizga to‘liq javob beradi

Xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog‘ida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar tomonidan Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘lda hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada 2018-yil 27-mart kuni qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Ushbu konferensiya ishida Qatar delegatsiyasi ham ishtirok etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0