Haydovchi GAI xodimini nega do‘pposlaganiga O‘zbekiston IIV aniqlik kiritdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarqalib ketgan videoda haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani, ya’ni xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuborgani aks ettirilgan

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatgani uchun fuqaroga 360 soatlik majburiy jamoatchilik ishi jazosi berilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik haydovchi GAI xodimiga bo‘ysunmasdan unga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, shuningdek, o‘rtaga tushgan ayolini ham kaltaklagani aks ettirilgan video tarqalgan edi.

Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotga ko‘ra, ushbu voqea 2017-yilning may oyida sodir bo‘lgan.

Qonliko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” avtomashinani to‘xtatgan va haydovchi A.E.Utemuratovdan tegishli hujjatlarni so‘ragan. Haydovchi hech qanday hujjat ko‘rsata olmagan.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda “Damas” haydovchisi urib qochgan YPX inspektori vafot etdi

Shu sababli inspektor avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘ymoqchi bo‘lganida, haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, qo‘pol munosabatda bo‘lgan, ya’ni inspektorning xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuborgan.

2017 yilning 15-noyabr kuni Qonliko‘l tuman jinoyat ishlar bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi  Utemuratov Azamat Yernazar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, unga nisbatan "360 (uch yuz oltmish) soat majburiy jamoatchilik ishi" jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0