Jamiyat

Dariga Nazarbayeva Oʻzbekiston bilan "shengen" viza tartibini oʻrnatishni taklif qildi

© Sputnik / Maksim MaslovDariga Nazarbayeva
Dariga Nazarbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Silk viza – YEIning shengen vizasiga oʻxshash tartibda amal qiladi: mamlakatlardan biriga viza olgan turist ikkinchisiga kirish huquqiga ega boʻladi.

TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. Qozogʻiston parlamentining Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi, Nursulton Nazarbayevning qizi Dariga Nazarbayeva Oʻzbekiston bilan Silk viza  vizasi tartibini oʻrnatishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Silk viza – YEIning shengen vizasiga oʻxshash tartibda amal qiladi: mamlakatlardan biriga viza olgan turist ikkinchisiga kirish huquqiga ega boʻladi.

Qirgʻiziston. Talas viloyati - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda shengen tartibini taklif qilmoqda

Ushbu taklif, Qozogʻistonning Sarыagash shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Senatining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va turizm qoʻmitasi deputatlari uchrashuvda taklif qilindi.

“Qozogʻiston va Oʻzbekistonda nafaqat turizmni rivojlantirish, balkim bizning mamlakatlarga xorijiy yurtlardan turistlar kelishini ham ragʻbatlantirish kerak. Ular Oʻrta Osiyoning barcha diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishni istaydi. Buning uchun esa, umumiy viza tashkil qilish kerak boʻladi”, - dedi Nazarbayeva.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston senatorlari bojxona nazoratini yaxshilash, oʻzaro savdo-sotiq hajmini oshirish, turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashdilar.

Dariga Nazarbayevaning fikriga koʻra, shaffof va ochiq, doʻstona chegara tashkil qilish kerak. Oʻshanda barcha sohalarda munosabatlar oʻz-oʻzidan tiklanadi.

Senator, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston bojxona jarayonlarini umumiylashtirishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala