Madaniyat vaziri: metsenatlik haqida qonun qabul qilinsa katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi

© Foto, Alina XusanovaMinistr kulturi Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev
Ministr kulturi Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda metsenatlik to‘g‘risida qonun qabul qilingandan so‘ng madaniyat sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishini aytdi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Bugun Toshkentda Xalqaro press-klub maydonchasida "Metsenatlik: yangi an’anani shakllantirish" mavzusida muhokama anjumani o‘tkazildi.

Podpis dokumentov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati homiylik qilish to‘g‘risida qonun qabul qilishga tayyorlanmoqda

Muhokamada Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sadiq Safoyev, Madaniya vaziri Baxtiyor Sayfullayev, Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlashtirish jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Gayane Umerova, Fransiya madaniyat vaziri Metsenatlik bo‘yicha departament boshlig‘i Robert For, "White & Case" huquqshunosi Laura Xoyland spiker sifatida ishtirok etadilar.

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Sputnik muxbirining metsenatlik to‘g‘risida qonun qabul qilingandan so‘ng O‘zbekistonda madaniyat sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqidagi savolga javob berdi.

"Metsenatlik — O‘zbekistonda yangi hodisa emas, biroq metsenatlik to‘g‘risida qonun ilk bor qabul qilinadi, bu o‘z navbatida yangicha voqelikni hosil qiladi. Qonun qabul qilinishi bilan madaniyatni qo‘llab-quvvatlash sohasida juda katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kerak. Metsenatlik bu individni ham moliyaviy ham ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdir, umid qilamanki, metsenatlik to‘g‘risida qonun qabul qilingach respublikada hammasi o‘zgaradi. Ta’kidlab o‘tishim kerakki, o‘sha vaqtda, mustaqillikning birinchi yillarida, respublika endigina shakllanayotgan paytda biz respublikaning iqtisodiyoti rivojlanishi va chegaralarning mustahkamligiga e’tibor qaratib kelganmiz. Hozir esa Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimiga kelishi bilan u kishi birinchi navbatda madaniyat va san’at sohalariga, ularning rivojlanishiga juda katta e’tibor qaratdi. Shuning uchun Madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganda, bizning birinchi vazifamiz — deputatlar va Senat bilan ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘ldi", — deb ta’kidladi madaniyat vaziri.

Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Alisher Usmonov Namanganning turistik salohiyatini yuksaltirishga yordam beradi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil 3-avgust kuni madaniyat vakillari bilan uchrashuvda "agar madaniyatimiz rivojlanmas ekan, jamiyatimiz ham rivojlanmaydi, bizning xalqimizning rivojlanish darajasi milliy madaniyatimiz bilan o‘lchanadi", deya ta’kidlagan hamda O‘zbekistonning yangicha obrazini yaratishni maqsad qilgan ekanmiz, bu ishni milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlash kerak, deb qo‘shimcha qilgan edi.

Muhokamaning barcha ishtirokchilari ushbu qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston madaniy sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.

Qonun loyihasiga ko‘ra, metsenatlardan yordam qabul qiluvchilar sifatida — davlat soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasining madaniy merosini va ma’naviy merosini saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy va ijodiy, ta’lim ishlari bilan shug‘ullanuvchi madaniyat va san’at nodavlat va notijorat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qonun metsenatlik yordamini oluvchilar tomonidan hisobot topshirish mexanizmi ham nazarda tutadi. Bu o‘z navbatda metsenatlik qiluvchi shaxslarga ularning mablag‘lari mo‘ljallangan maqsadlarda sarflanayotganligiga ishonch hosil qilishlariga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0