Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 maya pribыl v Namanganskuyu oblast
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 maya pribыl v Namanganskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yil 8-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining oʻn sakkizinchi majlisi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Tsindao shahrida oʻtadigan oʻn sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga joʻnab ketdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Prezident RUz Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitidagi kun tartibi maʼlum qilindi

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning toʻla huquqli aʼzo sifatidagi ishtirokida yigʻiladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda koʻp tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Kuni kecha prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov SHHT sammitida doirasida rejalashtirilgan tadbirlar boʻyicha jurnalistlar uchun brifing oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston prezidenti XXR raisi Tsi Tszinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Tsindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha 2019-2021 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish boʻyicha 2018-2022 yillarga moʻljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qoʻshma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala