Siyosat

Mirziyoyev Tsindaoda BMT Bosh kotibi oʻrinbosarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s pervыm zamestitelem Generalnogo sekretarya OON Aminoy Moxamed
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s pervыm zamestitelem Generalnogo sekretarya OON Aminoy Moxamed - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammadni qabul qildi

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Tsindao shahrida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammadni qabul qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Prezident Uzbekistana pribыl v Tsindao - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevni Tsindao shahrida tantanali kutib olishdi
Mirziyoyev keyingi ikki yilda Oʻzbekiston va BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini taʼkidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari Oʻzbekistonda boʻlgani, jumladan, Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi, deyiladi xabarda.

Amina Muhammad Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtirokini mamnuniyat bilan yodga olgan. Oʻzbekiston tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afgʻonistonni qayta tiklashga koʻmaklashish boʻyicha koʻrilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholagan. Toshkentda oʻtgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusidagi xalqaro konferentsiya bu masalaga jahon hamjamiyati eʼtiborini tortgani qayd etildi.

Muloqotda avvalgi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi boʻyicha atroflicha fikr almashildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala