Dunyoda

"Uzr, Rovshan aka": Utkin Ravshan Ermatovdan kechirim soʻradi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSportivnыy kommentator, televeduщiy Vasiliy Utkin
Sportivnыy kommentator, televeduщiy Vasiliy Utkin - Sputnik Oʻzbekiston
Utkin shuningdek, oʻzbekistonliklarni ham yarashib olishga chaqirgan, u "hech kimni millat jihatdan xafa qilmaganligini" taʼkidlab oʻtgan

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin oʻzining Instagram dagi sahifasida Oʻzbekistonlik sudya Ravshan Ermatovdan uning nomiga aytgan haqoratlari uchun kechirim soʻradi.

Ravshan Irmatov vo vremya intervyu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Ravshan Ermatov yana bir oʻyinga hakamlik qiladi
"Rovshan-aka, men siz bu voqeaga ahamiyat berishingizga ishonmayman. Agar sudya-rekordsmen boʻlsangiz, va bu shunday, u holda uzoq yillar davomida oʻz nomingizga dunyoning barcha tillarida eng yomon haqoratlarni eshitib kelasiz, va ular hech qanday ahamiyatga ega emasligini bilasiz. Agar mening soʻzlarim nimasi bilandir farq qilsa, meni kechiring, Rovshan-aka", — deb yozgan sharhlovchi.

Utkin shuningdek, oʻzbekistonliklarni ham yarashib olishga chaqirgan, u "hech kimni millat jihatdan xafa qilmaganligini" taʼkidlab oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Utkin Argentina-Xorvatiya uchrashuvidagi sudyalikdan keskin norozi boʻlib, oʻzining arbitr haqidagi mulohazalarini Tvitterdagi sahifasida joylagan edi. Sharhlovchi Ermatov yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarga sariq kartochka koʻrsatmaganidan dargʻazab boʻlgandi.

Ermatovga nisbatan bildirgan haqoratlaridan keyin internet foydalanuvchilari Utkinga hujumga oʻtib, oʻzbekistonlik sudyani qatʼiy himoya qildilar va sharhlovchidan Ermatovdan kechirim soʻrashni talab qilgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala