Jamiyat

Oʻzbekiston yangi Soliq kodeksi 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi - prezident farmoni

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan yangi Soliq kodeksi qanday boʻlishi kerakligi haqida prezident farmoni imzolandi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Turli ekspertlar tomonidan bildirilgan koʻplab fikrlar va bir necha oy davom etgan muhokamalardan soʻng Oʻzbekiston yangi soliq tizimini ishlab chiqish haqida prezident farmoni imzolandi.

Prezident farmonida aytilishiga koʻra, 2019 yilning birinchi yanvaridan boshlab kuchga kirdaigan Oʻzbekiston yangi Soliq Kodeksi quyidagi muhim oʻzgarishlarni oʻz ichiga qamrab olgan boʻladi:

Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda soliq tizimining mutlaq yangi kontseptsiyasi eʼlon qilindi

Mehnat soligʻi kamaytiriladi

Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi — 12 % miqdorida joriy etiladi, undan 0,1 foizini shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallarini bekor qilinadi.

Yagona ijtimoiy toʻlov miqdori davlat korxonalari va ustav kapitalining 50 %dan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan tashkilotlar uchun 25 %, qolgan yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan 12-15 % stavka miqdorida belgilanadi.

Yalpi tushumdan olinadigan soliqlar bekor qilinadi

Yalpi tushumdan yoki aylanma kapitaldan  olinadigan soliqlar, xususan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinadi;

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2018 yilda soliq bosimi biroz kamaytirilishi mumkin

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 12-14 %gacha, tijorat banklari uchun 20-22 % gacha pasaytiriladi. Mobil aloqa kompaniyalari uchun, qoʻshimcha foyda soligʻi bekor qilgan holda 14 — 20 % soliq solinadi;

dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlardan olinadigan foyda soligʻi 5-10 % miqdorida belgilandai (pasaytiriladi);

Yalpi tushumi 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida shunga yetgan korxonalar  umumbelgilangan soliq toʻlashga tizimiga oʻtkaziladi.

barcha tadbirkorlik subʼyektlari, uchun yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etiladi;

Soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlovchilar qoʻshimcha soliqlar toʻlashi kerak boʻladi

yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan  soliqni 4 % miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va toʻlash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash imkoniyatini belgilanadi;

Yuliy Yusupov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonda soliq bosimi naqadar katta?

yagona yer soligʻi toʻlovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolinadi;

Qoʻshilgan qiymat va aktsiz soliqlari boʻyicha berilgan imtiyozlar kamaytiriladi

qoʻshilgan qiymat soligʻini 20 % stavkasi saqlab qolinadi va uni toʻliq hisobga olish tizimini joriy qilinadi. Soliq solish bazasini aniqlashtirilib imtiyozlar sonini kamaytiriladi;

asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obʼyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish summalariga kiritish huquqini beriladi;

alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga oʻrnatilgan aktsiz va yigʻimlarni birlashtiriladi.

Soliq imtiyozlarni bekor qilish boʻyicha komissiya tuziladi

Yangilangan ishchi komissiya, 2018 yil 1 noyabrga qadar samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalarini bekor qiladi;

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga soliq tizimini isloh qilish boʻyicha maslahat berdi

Ushbu komissiya Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amalda boʻladigan imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining yangi ishlab chiqiladigan Soliq kodeksi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlari ishtirokida ishlab chiqariladi hamda keng jamoatchilik tomonidan muhokamaga chiqariladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan ushbu farmonning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala