Madaniyat

Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi qayta ishga tushadi

© Sputnik / L. Taube / Fotobankka oʻtishSolistы Uzbekskoy Gosudarstvennoy filarmonii doyristы G.Inoganov, G.Azimov, U.Xodjayev.
Solistы Uzbekskoy Gosudarstvennoy filarmonii doyristы G.Inoganov, G.Azimov, U.Xodjayev. - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻrt yilllik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi qayta ishga tushadi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. 2014 yilda yopilgan Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi faoliyati qayta tashkil qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning 27 iyunda imzolangan “Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi” farmonida aytib oʻtilgan.

Ansambl Dutorchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
14 fevral kuni "Dutorchilar" ansambli kontsert dasturini taqdim etadi

Davlat filarmoniyada Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi qoshida, respublikada foliyat yurituvchi ijodiy jamoalar uyushmasi, millliy simfonik, kamerali va milliy musiqa aspoblari orkestrlari uyushmalari hamda “Turkiston” sanʼat saroyini birlashtirish asosida tashkil qilinadi. Qoraqalpogʻiston respublikasi va viloyatlarda filarmoniyaning hududiy boʻlinmalari ochiladi.

Yangi tashkil qilinayotgan filarmoniya oldjida quyidagi vazifalar qoʻyilgan:

  • Milliy, klassik va zamonaviy musiqa va raqs sanʼatini rivojlantirish;
  • Aholining ushbu sanʼat turlariga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish va qondirish;
  • Musiqa va raqs sanʼatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish;
  • Oʻzbekiston musiqa va raqs sanʼati yutuqlarini xorijda targʻib qilish;
  • Davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va xorijiy klassik sanʼat asarlarinng eng yaxshi namunalari bilan toʻldirish;
  • Saʼat orqali yoshlarning yetuk inson boʻlib yetishishiga xizmat qilish;
  • Musiqa va raqsning barcha turlarini internet, televideniye orqali targʻib qilish;
  • Kontsert dasturlarini aholining barcha qatlamlari hamyoniga mos qilish,

kabi vazifalar qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi davlat byudjjeti hamda kontsert dasturlaridan tushayotgan mablagʻlar hamda xayriya mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.  Filarmoniya Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-oʻyda joylashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala