Toshkentda ota bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini qidirmoqda

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sulton Axmadjonov ko‘k rangli "Matiz" rusumli avtomashinasini minib, noma’lum tomonga ketgan

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Toshkentda ota bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini qidirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Brifing v GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Doniyor Toshxo‘jayev: IIB 459 nafar bedarak yo‘qolganlarni yashash joylariga qaytardi
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi O.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 1-iyun kuni o‘g‘li Sulton Axmadjonov ko‘k rangli "Matiz" rusumli avtomashinasini Chilonzor tumanida joylashgan "Olimpolvon" oshxonasi oldidan noma’lum tomonga haydab ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Ayni vaqtda Sulton Axmadjonovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.

Surishtiruvni ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston IIV ushbu munosabat bilan fuqarolarga murojaat qilmoqda: Sulton Axmadjonov yoki uning mashinasini ko‘rganlar yoki u haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan insonlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0