Mudofaa vazirligi avtoraqamlarni oʻzgartirmoqda

© Ministerstvo oboronы RUzNomer avtotrasporta Ministerstva oboronы
Nomer avtotrasporta Ministerstva oboronы - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi - u oq fonda va toʻrtta raqam ketma-ketligidan iborat boʻladi

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga qarashli xizmat mashinalariga yangi turdagi avtomobil raqamlarini oʻrnatish boshlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili.

Krasivыe nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻtgan haftada onlayn auktsion orqali 50 ta chiroyli avtomobil raqamlari sotildi
Ushbu raqamlar Ichki ishlar vazirligi YHXBga qarashli "Oʻzavtomotobelgi" DUK bilan kelishgan holda joriy etilmoqda.

Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi — u endilikda oq fonda va toʻrtta raqam ketma-ketligidan iborat boʻladi.

Masalan, "01 0047 MV" avtomobil raqamidagi 01 — Toshkent shahri hududiga tegishli ekanligini, 0047 — tartib raqamini, MV —mudofaa vazirligi Markaziy apparatining xizmat avtomobili ekanligini bildiradi.

2018-2019-yillar davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga qarashli barcha turdagi harbiy avtotransport vositalariga toʻrtta raqamlar ketma-ketligidan iborat qora fondagi avtomobil raqamlari oʻrnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala