Xolstga moybo‘yoq bilan chizilgan rasmning suvdan zarar ko‘rishi amri mahol - ekspert

© Sputnik / Ramil SitdikovSergey Zagrayevskiy
Sergey Zagrayevskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xolstga moybo‘yoq bilan chizilgan rasmning suvdan Yaroqsiz holga kelishi amri mahol - ekspert Nukus muzeyidagi voqea haqida.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. Rossiya Rassomlar akademiyasi akademigi Sergey Zagrayevskiy Nukus muzeyida o‘t o‘chirish tizimidan zarar ko‘rgan rasm haqida o‘z fikrini bildirdi. 

"Aleksandr Vasilyevich Shevchenko – bu rus va sovet rassomchiligining klassik rassomlaridan biri. 1913-yilda chizilgan “Baba s vodrami” nomli asari – uning eng mashhur asarlaridan biri. Bu katta o‘lchamli kartina 120x100 sm.

Saviskiy muzeyidan qayg‘uli xabar

Ushbu vaziyatda albatta rasmga qanchalik jiddiy zarar yetgan, degan savol tug‘iladi. Agar olov o‘chirishda tarkibida biror murakkab kimoviy modda bo‘lgan suyuqlikdan foydalanilgan bo‘lsa, albatta bo‘yoqlar tarkibiga zarar yetgan bo‘lishi mumkin. Yoki bo‘yoq ko‘chib tushishi mumkin. Bunday holda jiddiy restavratsiya talab qilinadi.

Ushbu rasm xolstga moybo‘yoq bilan chizilgani tufayli uning oddiy suvdan zarar ko‘rishi amri mahol. Hattoki unga yong‘in o‘chiruvchi maxsus ko‘pik sepilgan bo‘lsa ham u butnlay yaroqsiz holga kelishi mumkin emas.

Albatta suvning izi qoladi, lekin zamonaviy restavratsiya uni hech qanday qiyinchiliklarsiz butunlay tozalash imkoniga ega.

Umuman xolstga moybo‘yoq bilan chizilgan rasmlar – kamdan kam hollardar suvdan zarar ko‘radi. Faqatgina yong‘in o‘chirish oqibatida butun boshli kartini yo‘q qilinishi mumkin emas, agar rasm boshqa narsadan zarar ko‘rmagan bo‘lsa.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada

Rossomlar rasmlarni u yerdan bu yerga olib o‘tgan suv tegish hollari tez tez uchrab turadi. Bu muammo hech qanday qiyinchiliklarsiz hal qilinadi: rasm avval quritiladi, uning yuzida qolgan suv izlari esa ehtiyotlik bilan tozalab olinadi.

Saviskiy nomli muzey barchaga yaxshi tanish bo‘lgan, obro‘yli muzeylardan. Menining fikrimcha ularning o‘zlarida ham yaxshi ekspertlar bor. Agarda ular markaziy muzeylardan ekspet taklif qilishga qaror qilishsa – buning yomon tomoni yo‘q, albatta. Tretyakov, Ermitaj yoki Moskvadagi Grabar nomli markazlarda bunday ekspertlar juda ko‘p.

Nima bo‘lganda ham, xolstga moybo‘yoq bilan chizilgan kartinaning suv tegishi oqibatida butunlay yaroqsiz holga kelishining iloji yo‘q. Bundan ham yomon vaziyatlarga tushgan rasmlar qayta tiklangan, restavratsiya qilingan", - dedi ekspert.

Zagrayevskiy o zalitoy v muzee Saviskogo kartine: i ne takoe segodnya chinyat
Yangiliklar lentasi
0