Jamiyat

Toshkent shahrida bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo doma v Tashkente
Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta koʻp qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 3 barobar koʻpdir.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Toshkent shahrida bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy quriladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Qoʻyliq metro yoʻlini Navroʻzgacha bitirish haqida topshiriq berdi

Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida koʻp qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga boʻlgan ehtiyoj ortib ketgan. 

Prezident tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab respublikaning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida oʻtgan yili 102 ta koʻp qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila oʻz uyiga ega boʻldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta koʻp qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 3 barobar koʻpdir.

Jumladan, Sergeli tumani "Choshtepa" mahalla fuqarolar yigʻini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. 

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom stroyaщixsya domov v Tashkente
Toshkent shahrida bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy quriladi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom stroyaщixsya domov v Tashkente

"Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta koʻp qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yoʻlidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini oʻzlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala