Iqtisod

Oʻzbekistonda tilla tangalarni sotish boʻyicha nizom muhokamaga qoʻyildi

© Sputnik / Ilya PitalevZagotovki dlya chekanki monet
Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va eʼlon qiladi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan tayyorlangan "Qimmatbaho metallardan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tangalarini sotish va qaytib sotib olish tartibi toʻgʻrisida nizom" loyihasi umumiy muhokama qoʻyildi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 million dollarga kamaydi

Loyiha Oʻzbekiston prezidentning 2018 yil 7 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan oʻlchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq tayyorlandi.

Nizom talablariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy banki yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealari hamda jamiyat hayotidagi boshqa voqealarga bagʻishlangan va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan yubiley, shuningdek investitsion tangalarni muomalaga chiqaradi.

Markaziy bank tangalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati boʻyicha naqd pul shaklidagi qonuniy toʻlov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan farq qiluvchi narxlarda kollektsiya, investitsiya va tezavratsiya (jamgʻarma) obʼyektlari sifatida muomalada boʻlishi mumkin.

Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va eʼlon qiladi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2018 yilning 1 choragida Oʻzbekiston asosan oltin va gaz eksport qildi

Mazkur narx qimmatbaho metallarning bir troy untsiyasi uchun avvalgi kunning London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi(LBMA)ning ertalabki fiksing narxi va soʻmning AQSH dollariga nisbatan rasmiy kursidan foydalanib belgilanadi.

Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va ularning joylashgan manzili haqida maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinadi.

Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olishda Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi munosabatlar alohida shartnomalar asosida tartibga solinadi.

Markaziy bank tangalari jismoniy shaxslarga naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari asosida, shu jumladan xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshiriladi.

Markaziy bank tangalarining yuridik shaxslarga sotuvi toʻlovni talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Markaziy bank tangalarining sotuv narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada, qimmatbaho metallning bir gramm narxi hamda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marjaga asosan belgilanadi.

Zolotыe slitki iz kollektsii Goxrana - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda turistlar oltin yombilarini sotib olishi yoʻlga qoʻyiladi

Markaziy bank tangalarini jismoniy va yuridik shaxslardan qaytib sotib olish ularni Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qaytib sotib olish shoxobchalari orqali va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan majburiy ravishda texnik ekspertiza oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bank tangasining egasi, jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili oʻz fuqarolik pasportini taqdim etadi va ushbu Nizomga ilovaga muvofiq tangani qayta sotib olish uchun qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Shuningdek, yuridik shaxsning vakili Markaziy bank tangasini tasarruf etish uchun ishonchnoma ham taqdim etadi.

Markaziy bank tangasini qaytib sotib olish narxi tanga topshirilgan kundagi bir gramm qimmatbaho metall narxidan hamda ushbu narxga qoʻllaniladigan diskontdan kelib chiqib hisoblanadi.

Markaziy bank Boshqaruvi har bir turdagi qimmatbaho metall uchun alohida diskontni tasdiqlaydi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda qachondan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkinligi aytildi

Markaziy bank tangasi uning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikati bilan birga muomalaga chiqariladi. Har bir asillik sertifikati oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Asillik sertifikatini almashtirishga ehtiyoj boʻlganda yoki uning yoʻqotish holatlarida, tanga egasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qaytib sotib olish shoxobchalariga toʻlov asosida yangi asillik sertifikatini olish uchun murojaat qiladi.

Sertifikat almashtirilishi 30 ish kuni davomida Markaziy bank tangasining Asillik darajasini belgilash palatasining texnik ekspertizasidan oʻtkazilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Loyiha 3 avgustga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala