Kredit olish soddalashtirildi: endi faqat pasport va daromadlar toʻgʻrisida spravka kifoya

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, isteʼmol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirilgan

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. "Aloqabank" kredit rasmiylashtirishni yanada soddalashtirdi, endilikda kredit olish uchun pasport va daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma kifoya boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bank matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Xususan, isteʼmol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirilgan.

Jamiyat
25 million soʻmgacha boʻlgan kreditlar aholiga garovsiz beriladi

2018 yil 1 avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar toʻplami zarur boʻladi:

kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit taʼminoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;

qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs boʻlgan kafil) ning pasport nusxasi;

qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs boʻlgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (ushbu maʼlumotnomada lavozim, STIR va jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami koʻrsatilishi lozim);

kredit taʼminoti bilan bogʻliq hujjatlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala