Siyosat

Sayfullayev oʻzbek-tojik munosabatlari haqida: doʻstligimiz abadiy boʻladi

© Foto, Alina XusanovaMinistr kulturы Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev
Ministr kulturы Uzbekistana Baxtiyar Sayfullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tojikiston Madaniyat vaziri rahbarligida kelgan delegatsiya bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev oʻzbek-tojik munosabatlarida yangi sahifa ochilgani, "muzlar" ortda qolgani va bugungi kunda hamkorlik rejalari tuzilayotgani haqida gapirdi

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bugun Xalqaro Press klubda boʻlib oʻtgan "Oʻzbekiston-Tojikiston: davlatlararo hamkorlik, oʻzaro ishonch va umumiy manfaatlar" mavzusida oʻtkazilgan sessiya davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlardagi "muzlik davri" ortda qolganini taʼkidladi.

Otkrыtiye KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Samarqandga Tojikistondan qimmatbaho sovgʻa keldi

"Bugungi bizning uchrashuvimiz, bu tarixiy uchrashuv. Yaqin atrofda biz tojik xalqi bilan bunday davra suhbatlarida qatnashmagan edik. Oxirgi ikki yildagi oʻzgarishlar oʻzimizga ham sezilmoqda", - dedi Baxtiyor Sayfullayev va zaldagi tojikistonlik mehmonlarga qarata "xush kelibsiz!", deya qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovlardagi gʻalabasidan keyingi ilk bayonotlaridan birida mamlakat tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni sanab oʻtar ekan, Oʻzbekiston qoʻshni mamlakatlar bilan endi faqat va faqat doʻst boʻlishiga alohida urgʻu bergan edi.

Narodnыy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Yuzdan ortiq oʻzbek sanʼatkorlari Dushanbega yetib borishdi

Oradan koʻp vaqt oʻtgani yoʻq, davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli bugun dunyo hamjamiyati Markaziy Osiyo mintaqasida roʻy berayotgan tarixiy jarayonlarga guvoh boʻlmoqda. Chegaralar ochilishi, devorlar qulashi, sim toʻsiqlar oʻrnini "doʻstlik darvozalari" egallashi...

Qozogʻistonda bu yil Oʻzbekiston yili nishonlanishini ham ikki davlat munosabatlaridagi yirik madaniy yutuq sifatida eʼtirof etish mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, axil qoʻshnichilik, madaniy diplomatiya siyosati bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqaning tashrif qogʻoziga aylanib bormoqda.

Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻtmishdagi munosabatlarni esga olar ekan, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida Mustaqillik yillaridan soʻng 20 yildan ziyod vaqt mobaynida hech qanday hamkorlik boʻlmaganini, ammo prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻrtadagi doʻstlik bugunga kelib tiklanganini qayd etdi.

Mejdugorodniye avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shu yil may oyida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida avtobus qatnovi tiklanadi

 

"Oʻtmish tarixga nazar soladigan boʻlsak, madaniy aloqalarimiz ildizlari asrlarga borib taqaladi. Hozirgi kunga kelganda, 20 yildan ortiq muddatda, prezidentimiz taʼbiri bilan aytganidek, tojik birodarlarimiz bilan hech qanday aloqa qila olganimiz yoʻq. Na madaniyat, na sanʼat va na boshqa sohalarda. Lekin, mana, Shavkat Miromonovich tashabbuslari bilan 2016 yilda Oʻzbekiston sanʼat ustalari Tojikistonda kontsert oʻtkazib kelishdi, 2017 yil kuz oyida tojik doʻstlarimiz Oʻzbekistonga keldilar va oʻzbek xalqini, oʻzbek tomoshabinini oʻz sanʼati bilan, tasviriy sanʼati bilan, hunarmandchiligi bilan, kinolari bilan lol qoldirib ketdilar. Xalqlar bu sanʼatni sogʻinishgan edi". - dedi vazir.

Sayfullayevning aytishicha, Tojikiston Madaniyat vaziri Orumbekzoda Shamsiddin boshchiligidagi Doʻstlik delegatsiyasining Oʻzbekistonga bugungi tashrifi esa oʻrtadagi rishtalarni yanada chambarchas bogʻladi.

"Barchaga maʼlum, yaqinda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashriflari boʻladi. Shu tashrif doirasida biz madaniy aloqalarni tiklash borasida ikkita vazirlik oʻrtasida qarorni imzolashga hujjatlarni tayyorlab qoʻyibmiz", - deb qoʻshimcha qildi siyosatchi.

Sayfullayev shuningdek, ikkala tomon 2022 yilgacha hamkorlik rejalari ishlab chiqilgani va tashrif doirasida ushbu hujjatlar tasdiqlanishi kutilayotganini aytdi.

"Bizning madaniy aloqalarimiz abadiy boʻladi, doʻstligimiz abadiy boʻladi, agar qoʻshqanot boʻlib harakat qilsak, oldimizda turgan maqsadlarga bemalol yetsa boʻladi", - dedi Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻz soʻzi yakunida.

Yangiliklar lentasi
0