Jamiyat

Test natijalarini qayta ishlaydigan xodimlar natijalar eʼlon qilinguncha DTMda yashaydi

© Mejdunarodnыy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasidagi 15 ta oliy taʼlim muassasalarida test sinovlari bir vaqtda 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar toʻliq yakunlandi

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Test natijalarini qayta ishlashda ishtirok etadigan xodimlar test sinovlaridan bir kun oldin tashqi dunyodan uzilgan holda natijalar eʼlon qilingunga qadar Test markazida yashaydi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov oʻzining "Facebook"dagi sahifasida maʼlum qildi.

Vazir xabariga koʻra, test sinovlarida 15 ta oliy taʼlim muassasalarining 50 ta taʼlim yoʻnalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlarida 29 856 nafar abituriyent ishtirok etdi, 834 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi.

Bundan tashqari, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 76 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi (hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun).

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻqishga test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Test sinovlarini oʻtkazishga taʼlim muassasalaridan 2 ming 469 nafar guruh nazoratchilari jalb etilishi belgilangan. Shundan, 35 nafari ishtirok etmagan.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan soʻng 18.30 dan qaytarish boshlanadi.

Toshkent shahrida test materiallari 1-smena tugashi bilan 12.00dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi.

Yetib kelgan test natijalari boʻyicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Tegishli xizmatlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda jamoat va yongʻin xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qoʻriqlash toʻliq taʼminlandi.

Test sinovlari belgilangan reja asosida oʻtkazildi va oʻtkazish jarayonida hech qanday koʻngilsiz hodisalar roʻy bermadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala