Yulduz Usmonovaning tanqidlarga lo‘nda javobi: hayotdan mamnun bo‘linglar

© Foto: yulduz.uzYulduz Usmanova
Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videorolik boshida Yulduz Usmonova bildirilgan tabriklar uchun hammaga minnatdorlik bildirib, yaxshi kayfiyat tiladi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova internetda bildirilgan tanqidlarga javob berdi.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Xavfli fleshmob: Yulduz Usmonovaga chora ko‘riladimi

Bu haqda Facebookdagi guruhlardan birida uning video murojaati joylashtirildi.  

Videorolik boshida Yulduz Usmonova bildirilgan tabriklar uchun hammaga minnatdorlik bildirib, yaxshi kayfiyat tiladi. Hayotdan mamnun bo‘lishni o‘rganish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Hayotdan mamnun bo‘linglar. Bunchalik agresiv, negativ bo‘lish kerak emas. Opamni achig‘i keladi deb ovora bo‘lib o‘ylamanglar. Men hammalarini baribir yaxshi ko‘raman. Sizlar uchun “Kiki”ni o‘ynab yuraveramiz. Bilgan bo‘lsalaringiz, o‘rik oldida ham o‘yinga tushganmiz, shunda ham kayfiyatimiz yaxshi edi. O‘sha "Kiki"ni o‘ynagan kunimiz ham, to‘ylarni chiroyli o‘tkazib, zo‘r bo‘lgani uchun kayfiyat yaxshi edi. Bundan keyin ham kayfiyatimizni Olloh yaxshi qilsin. Sizlar uchun o‘yinga tushib yuraylik”, - deydi Yulduz Usmonova videorolikda.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqaldi. Unda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan "Kiki challenge" raqsini ijro etgandi.

Videorolik san’atkorning barcha muxlislarini hayrat va taajjubga solgandi. Videorolikni o‘zbekistonliklar qizg‘in muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0