Jamiyat

2 avgust kuni 480dan ortiq abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi

© FacebookVstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnыe ekzamenы v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
2 avgust test natijalari 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 3 avg – Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov respublika oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni haqida maʼlumot berdi.

Abduhakimovning maʼlum qilishicha, 2 avgust kungi test sinovlarida 25 ta oliy taʼlim muassasasining 63 ta taʼlim yoʻnalishida 57 ming 849 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga koʻra 1219 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abituriyentlar imtihon natijalarini Telegram orqali bilishlari mumkin

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 486 nafar abituriyent sinovlardan chetlashtirildi.

Shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va oʻzganing oʻrniga kirishga, 235 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringan.

2 avgust test natijalari 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida eʼlon qilinadi.

Respublikada test sinovlari 1-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala