Jamiyat

Aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxslarga koʻriladigan jazo choralari haqida eslatma berildi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishOta va bola
Ota va bola - Sputnik Oʻzbekiston
Agar maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin ham shaxs bolaga aliment toʻlamasa unda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Aliment toʻlash boʻyicha sud qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali eslatma berdi.

Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aliment toʻlamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qoʻyilishi mumkin

Bunda maʼmuriy jazo sifatida oʻn besh sutkaga maʼmuriy qamoqqa olish belgilanadi.

Maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslar (homilador yoki uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollar, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini oʻzi tarbiyalayotgan shaxslar, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, I va II guruh nogironlari) esa eng kam ish haqining yigirma baravari (3 686 000 soʻm) miqdorida jarima toʻlaydi.

Agar maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin ham shaxs bolaga aliment toʻlamasa unda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Jinoiy jazo ushbu jinoyat uchun ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.

Agar shaxs aliment boʻyicha qarzdorlikni toʻliq qoplagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala