Dunyoda

Tarixda birinchi bor – tango raqsida xorijiy juftlik gʻolib chiqdi

© AFP 2018 / EITAN ABRAMOVICHRossiyskiye tantsorы tango Dmitriy Vasin i Sagdiana Xamzina vo vremya finala chempionata mira po tango v Buenos-Ayrese
Rossiyskiye tantsorы tango Dmitriy Vasin i Sagdiana Xamzina vo vremya finala chempionata mira po tango v Buenos-Ayrese - Sputnik Oʻzbekiston
Tango raqsi boʻyicha jahon chempionatida Rossiyalik Dmitriy Vasin va Sagdiana Xamzina (asli oʻzbekistonlik) juftligi gʻolib chiqdi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Argentina poytaxti Buenos-Ayresda “Sahna tangosi” boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ilk bor argentinalik emas, xorijiy juftlik gʻolib chiqdi.

Dunyoda eng nufuzli hisoblangan  va 700dan ortiq juftlik ishtirok etgan ushbu tanlovda ilk bor xorijiy juftlik gʻalaba qozondi. Rossiya nomidan ishtirok etgan Dmitriy Vasin va oʻzbekistonlik boʻlgan Sagdiana Xamzina.

AQSH prezidenti Barak Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi

Sagdiana Xamzina Toshkentda tugʻilib oʻsgan, Oʻzbekiston Xoreografiya akademiyasini tamomlagan, ayni damda Moskvadagi GallaDance raqs klubida shugʻullanadi. 

Juftlik oxirgi 3 yil davomida ushbu musobaqada ishtirok etgan boʻlsada sovrinli oʻrinni egallay olmagan edi. Oʻtgan yili Vasin va Xamzina 4 oʻrinni ega boʻlishgan edi. Bu yil esa ular ham birinchi oʻrin ham "tomoshabinlar eng xush koʻrgan"  juftlik unvoniga sazovor boʻlishdi.

“Menimcha bu tush boʻlsa kerak, hozircha aqlimga sigʻmayapti. Biz buni ertaga tushunib yetamiz”, - dedi Sagdiana jurnalistlarga.

“Biz kelasi yil oʻquvchilarimizni olib kelamiz, lekin oʻzimiz musobaqada ishtirok etmaymiz”, - dedi musobaqalarda yetti marotaba ishtirok etgan Dmitriy Vasin.

Argentinada odatda tango raqsining 2 yoʻnalishi boʻficha musobaqalar boʻlib oʻtadi. “Sahna tangosi va “Salon tangosi”. Sahna tangosi murakkab akrobatik elementlari bilan ajralib turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala