TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Toshkent shahrida 3 kun ichida tonirovka qilishga 45ta ruxsatnoma berildi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.
“Vazirlar Mahkamasining 18 iyuldagi qaroriga binoan, Toshkentda 23 avgustdan boshlab tonirovka qilishga ruxsatnomalar berila boshlandi. Oʻtgan uch kun ichida 30ta jismoniy va 15ta yuridik shaxslar ana shunday ruxsatnomalar olishdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda avtomobil oynalarini belgilangan tartibda qoraytirish uchun jismoniy shaxslar 16,5 mln soʻm, yuridik shaxslar 22 mln soʻm miqdorida yigʻim toʻlashi kerak.
Ruxsatnoma olmasdan, yopishtirib olingan tonirovka uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy qonunbuzarliklar kodeksining 126 bandiga muvofiq, EKIHning bir baravari miqdorida jazo belgilangan.
Tonirovka qilishga ruxsatnomani Toshkent shahar IIBBning quyidagi manizllarda joylashgan YHXBlarida rasmiylashtirish mumkin:
1-diagnostika stantsiyasi: Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 118a.
2-diagnostika stantsiyasi: Yunusobod tumani, O. Zokirova koʻchasi 2a.
3-diagnostika stantsiyasi: Mirobodskiy tumani, Vodil koʻchasi, 54.