Jamiyat

Oʻzbekistonda 81 ta turli xildagi Respublika komissiyalari, idoralararo kengashlar tugatildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPustыe kresla
Pustыe kresla - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shu bilan birga, 25 ta turli xil idoralararo komissiyalar ishi qayta koʻrib chiqilib, optimallashtiriladi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish choralari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda transport vazirligi tashkil etiladi

Farmonda taʼkidlanishicha idoralararo  kollegial organlarni tashkil etish va tarqatishning aniq tartibi mavjud emasligi oqibatida juda koʻplab ushbu turdagi organlar paydo boʻlgan. Bu esa oʻz navbatida davlat boshqaruvining byurokratiyalashuviga, maʼmuriy tuzilmalarning kengayib ketishiga, byudjet xarajatlarining oshishiga olib kelgan.

Farmonga muvofiq jami 81 ta turli idoralaro komissiyalar, ishchi guruhlar tugatilib, ularning vazifalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazildi.

Masalan, Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkazildi.

Xuddi shunday Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash ham tugatildi, unga yuklatilgan vazifalarini endi Adliya vazirligi amalga oshiradi.

Bundan tashqari 25 ta turli xil idoralararo komissiyalar ishi qayta koʻrib chiqilib, optimallashtiriladi.

Endilikda Respublika darajasidagi idoralararo organlarni tashkil etish qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu organlar davlat idoralariga yuklangan vazifalarni bajarishda yordam beruvchi maslahat organi vazifasini bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0