Jamiyat

Toshkentda mushakbozlikni tomosha qilish uchun maxsus avtobuslar tashkil qilinadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishSalyut
Salyut - Sputnik Oʻzbekiston
IIBB haydovchilarni bayram kunlarida imkon qadar jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Mustaqillik kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan mushakbozlikni tomosha qilish uchun maxsus avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Quyida 1 sentyabr soat 21:00da mushakbozlik boʻlib oʻtadigan manzillar bilan tanishing:

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bayrami kunlari yopiladigan koʻchalar nomi eʼlon qilindi

Mushakbozlikni poytaxtdagi 11 ta madaniyat va istirohat bogʻlaridan tomosha qilishingiz mumkin boʻladi.  Bular: Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulugʻbek va Furqat nomidagi hamda “Lokomotiv-Anhor”, “Ashxobod”, “Quyoshcha nuri”, “Bogʻishamol”, “Doʻstlik” va Green Park bogʻlari, Toshkent hayvonot bogʻi, shuningdek Mega Planet savdo-koʻngilochar majmuasi hamda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldidagi maydonlar.

IIBB bayram tadbirlari bilan poytaxt markazidagi bir necha koʻchalar yopilishini yana bir bor esga solib, haydovchilarni imkon qadar jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.

“Hurmatli haydovchilar! Bayram sayllari kunlarida imkon qadar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, deydi Toshkent shahar IIBB.

Quyida avtotransport vositalarini qoldirish mumkin boʻlgan koʻchalar roʻyxati bilan tanishing:

– Olmazor koʻchasining Navoiy koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Islom Karimov koʻchasining Olmazor koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Qoratosh koʻchasining Samarqand darvoza koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Bratislava koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Bobur koʻchasigacha boʻlgan qisimda;
– Bobur koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Baynalminal koʻchasining Oqtepa maydonidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida.

Quyidagi koʻchalarda maxsus bepul jamoat transportlari yaʼni avtobuslarning harakati yoʻlga qoʻyiladi:

– Bobur koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Sharshara koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Islom Karimov koʻchasining Olmazor koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Qoratosh koʻchasining Samarqand darvoza koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Furqat koʻchasining Navoiy koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismida;

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala