Jamiyat

Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoye avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Nochnoye  avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahar IIBB poytaxt yoʻllarida tirbanliklarni oldini olish boʻyicha muntazam ravishda takliflar kiritib bormoqda.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari - Toshkent shahar IIBB boshligʻi, general-mayor Rustam Joʻrayev yoʻllarda avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda haydovchilar nima qilish zarurligini aytdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sotrudnik MVD osuщestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Avtomobil oynasini qoraytirish uchun toʻlovning taxminiy narxi aytildi

IIBB rahbari soʻzlariga koʻra, Toshkent shahri yoʻllarida avtomobillar tirbandligini oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda. Xususan, poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda yangi yoʻllarni ochish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

"Masalan kimdir tirbandlikni koʻrib qoldi. Bu haqda darhol Facebookda yozish kerakmas. Vaqt ketmoqda, biz bu xabarni qachon oʻqiymiz? Uning oʻrniga 102 ga qoʻngʻiroq qilib, shu chorrahada katta tirbanlik yuzaga kelgan deb aytinglar, boʻldi. Hozir shaharda mobil mototsikllarimiz bor, marshrutlarda patrul mashinalarimiz yurishadi. Ular kelib, yordam berishadi", - deb taʼkidladi Rustam Joʻrayev.

Joʻrayevning aytishicha, ayni vaqtda poytaxt IIBB yoʻllarda tirbanliklarni oldini olish boʻyicha muntazam ravishda takliflar kiritib borilmoqda. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda yaxshi natijalarga erishgan xorijiy davlatlarining tajribasi oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0